Кундузги шифохона ҳамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 4 ko'rish 📅 14.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 6-son oilaviy poliklinika Bo'lim: Ўрта тиббиёт ходимлар Vazifalar: Kunduzgi statsionar hamshirasining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Shifokor tomonidan tayinlangan davolash muolajalarni bajarish va ularning bajarilishini ko‘rsatmalar varag‘ida muntazam qayd etib borish. 2. Laboratoriya va boshqa tekshiruv natijalarini o‘z vaqtida kiritib borish. 3. Shifokorning ko‘rsatmasiga binoan bemorlarni ko‘rik, davolash va diagnostika muolajalariga tayyorlanishda yordam berish. 4. Bemorlarga laboratoriya, asbob va anjomlar yordamidagi tekshirishlarga tayyorlanish uslublari va tartibini tushuntirish. 5. Dori-darmonlar va bog‘lov materiallarining hisobi, saqlanishi va tejab ishlatilishini ta’minlash. 6. Shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish, sanitariya-dezinfeksiyalash va sanitariya-epidemiyaga qarshi tartiblarga rioya qilish va chora-tadbirlar o‘tkazish. 7. Shifokorga hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobotlarni tayyorlash, bo‘lim ishi ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilishga yordam berish. Ish sharoitlari: jadval asosida Manzil / aloqa: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-2 mavzesi, Ahillik ko‘chasi, 10-uy. (998)71 264-51-54

✅ Talablar

71/264-51-54 O'rta maxsus tibbiy ma'lumotga ega, Kunduzgi statsionar hamshirasi lavozimiga “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan, hamshiralik ishi doirasida ko‘p yo‘nalishli birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshira oladigan hamshira tayinlanadi. Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba