Team Lead Go / Engineering Manager (Uzum Market)

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 15.07.2026

📋 Tavsif

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Strategiya va roadmapni shakllantirish — siz nafaqat kodga, balki biznesga ham ta'sir ko‘rsatasiz;

  • Texnik arxitekturani ishlab chiqish — o‘z g‘oyalaringiz va zamonaviy muhandislik yondashuvlarini joriy etasiz;

  • Kross-funksional jamoaga rahbarlik qilish — kuchli va samarali development jamoasini shakllantirasiz;

  • Development jarayonining to‘liq sikliga ta'sir ko‘rsatish — kod yozish, fichalarni ishlab chiqish, code review, sifat nazorati va jarayonlarni optimallashtirish;

  • Tezkor va barqaror relizlarni ta'minlash — DevOps va CI/CDning ilg‘or amaliyotlarini joriy etishda ishtirok etish.

Nima uchun bu qiziqarli:

  • Zamonaviy texnologiyalar steki: Go, Kafka, Postgres, Redis, Kubernetes (k8s), ClickHouse;

  • Keng mas'uliyat doirasi va arxitektura hamda mahsulot bo‘yicha muhim qarorlarga ta'sir qilish imkoniyati. Tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlaymiz va amalga oshirishga yordam beramiz;

  • Startap ruhi saqlanib qolgan, ammo yetuk jarayonlarga ega noyob korporativ madaniyat;

  • Jamoa bilan birgalikda aniq o‘lchanadigan maqsadlarni belgilaymiz va nafaqat vazifalarning bajarilishini, balki ularning biznesga ta'sirini ham baholaymiz;

  • Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash. Jamoalar ijrochilar emas, balki hamkorlar sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi.

Biz uchun muhim:

  • Tech Lead, Team Lead yoki Engineering Manager lavozimida kamida 2 yillik tajriba;

  • Go’da kamida 5 yillik tajriba;

  • Mikroservis arxitekturasi va yuqori yuklamali tizimlar bilan ishlash tajribasi;

  • Mahsulotlarni noldan ishga tushirish tajribasi: arxitekturani loyihalash va texnologiyalarni tanlash;

  • Backend development bo‘yicha chuqur bilimlar.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Dunyoning istalgan nuqtasidan masofaviy ishlash yoki Toshkentdagi zamonaviy ofis;

  • Karyera rivojlanishi — muhandislik va menejment yo‘nalishlarida o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz;

  • Rossiya bozoridagi yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;

  • Ta'lim va rivojlanish — kompaniya ichida ham, undan tashqarida ham (mitaplar, konferensiyalar, professional ta'lim, maqolalar) qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, shaxsiy brendingizni rivojlantirishga yordam beramiz;

  • Zo‘r natijalar yaratishga intiladigan professionallar hamjamiyati;

  • Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, o‘qish va boshqa afzalliklar


✅ Talablar

Yo'nalish: Dasturlash Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Masofaviy ish Tajriba: 6 yildan boshlab