Uchastka bolalar shifokor psixiiatri
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filiali
Bo'lim: Dispanser (Ambulator) bo`limi
Vazifalar:
Bolalar va o`smirlarni qabul qilish, psixiatrik ko`rikdan o`tkazish hamda ruhiy holatini aniqlash. Ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini aniqlash va tashxis qo`yish. Dori vositalarini belgilash, ularning samaradorligi va nojo`ya ta`sirlarini nazorat qilish. Zarur hollarda bemorni stasionar davolanishga toki boshqa mutaxasislarga konsultatsiyasiga yuborish. Dispanser kuzatuvida bo`lgan bemorlarni muntazam nazorat qilish. Filial direktori, davolash ishlari bo`yicha o`rinbosar, bo`lim boshlig`ig`iga so`zsiz bo`yso`nishi va ular bergan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishi shart.
Ish sharoitlari:
dushanbadan-jumagacha 8-00 dan 15-12 gacha
✅ Talablar
oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. Psixiatriya yoki bolalar psixiatriyasi mutaxassisligi bo`yicha tayyorgarlikdan o`tgan bo`lishi, amaldagi mutaxassislik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Bolalar va o`smirlar psixiatriyasi, yosh psixologiyasi,psixopatologiya, psixodiagnostika va psixofarmakologiya asoslarini bilishi kerak.Ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilish ko`nikmalariga ega bo`lishi shart.