Markaziy shifoxona bosh shifokorining davolash ishlari bo'yicha o'rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Ishtixon tuman Sog'liqni saqlash bo'limi
Bo'lim: Markaziy shifoxona
Vazifalar:
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari:shanba va yakshanba.
Manzil / aloqa:
Ishtixon shahri A.Navoiy ko'chasi 12 uy
998976117773
✅ Talablar
Ma’lumoti oliy (bakalavr yoki magistr).
Mutaxassisligi tibbiyot yo‘nalishi, “Davolash ishi” yoki “pediatriya ishi” yo‘nalishida bakalavr darajasi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi).
Sohada (davolash profilaktika muassasalarida) kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.
Davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilish, IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi).
Aholiga ambulator va statsionar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, tez tibbiy, shoshilinch yordam xizmatlarini tashkil etish xamda tibbiy yordamning diagnostika va davolash standartlarini ishlab chikish, ushbu xizmatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish saloxiyatiga ega bulishi.
Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘yicha hukumat qarorlari, normativ-xuquqiy hujjatlar ishlab chiqish va ular bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
Mehnat fayoliyati davomida salbiy sabablarga ko'ra egallab turgan lavozimidan ozod etilib, past lavozimlarga o'tkazilgan bo'lmasligi (texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi bundan mustasno).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan yoki chet el oliy o‘quv yurtlarida mutaxassisligi bo'yicha o‘qigan yoki malaka oshirgan shaxslarga imtiyoz beriladi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan mehnat majburiyatlarini bajarishi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirining 88-sonli buyrug'i talablarini to'liq bajarishi, jamoa shartnomasi, tashkilot ichki mehnat tartib-qoidalari talablarini bajarishi.
Tajriba: kamida 2 yil