Markaz direktori o'rinbosari - Bosh ijtimoiy xodim
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi
Bo'lim: Uchtepa tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
Vazifalar:
– aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish borasida qonunchilik hujjatlari, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etish usullarini bilishi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashishi, doimiy ravishda malakasini oshirish;
– ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazariy yondashuvlari bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lish;
– ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qo‘llay olish ko‘nikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini namoyish etish;
– shaxslararo munosabatlarni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan), kuchli muloqot qobiliyatlari, empatiya, asosiy psixologiyani bilish, tashkilotchilik qobiliyati, stressni boshqarish qobiliyati;
– jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, mas’uliyatli bo‘lish;
– ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo‘lish;
– vaziyatni boshqarish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-ko‘rib chiqish).
Ish sharoitlari:
5 kunlik ish kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha
✅ Talablar
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi). Ijtimoiy ish sohalarda, davlat boshqaruv organlari tizimida yoki o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kamida 3 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lishi, shundan 1 yil Agentlik tizim tashkilotlari va boshqaruv lavozimlarida. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
- soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi
O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.
Tajriba: kamida 3 yil