Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi boshligʻi – boshliq oʻrinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Shayxontohur tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi
Bo'lim: Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi
Vazifalar:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari
hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, hududiy boshqarma boshligʻi va boʻlim
boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida ijro
etish;
umumiy oʻrta taʼlim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli boʻlinmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni
yoʻlga qoʻyish;
Mutasaddiligidagi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga umimiy raxbarlik qilish va zimmasiga
yuklatilgan barcha vazifalarni bajarish;
Boʻlimning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boʻlim
boshligʻiga kiritish;
ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib
borish;
Boʻlim xodimlarining ijro-intizoniga rioya qilishini monitoring va nazorat qilish;
umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Shoʻbasining yillik, yarim
yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boʻlim boshligʻiga kiritish;
ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib
borish;
Shoʻba faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash
hamda Shoʻbafaoliyatiga oid muhim masalalar haqida boʻlim boshligʻiga muntazam ravishda
axborot berish;
maktablar Shoʻbasiga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, shoʻba xodimlarining
faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq yuklangan vazifalar ijrosini
nazorat qilish;
Shoʻba xodimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli topshiriqlar
berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
umumtaʻlim maktablari faoliyatini tashkil etilish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish
boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;
umumtaʻlim maktablari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini
shakllantirish toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni tumanning bosh iqtisodchisi bilan birgalikda belgilangan
mezonlar asosida koʻrib chiqish va tasdiqlash;
umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari uchun shahodatnomalarni nizom talablariga
muvofiq buyurtmalarni shakllantirish jarayonini nazorat qilish;
maktab
bitiruvchilariga
e-shahodatnoma.uz elektron tizimida shahodatnomalarga
buyurtmalarni oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
fuqarolarga yoʻqolgan va yaroqsiz holatga kelgan shahodatnomalari oʻrniga dublikat
shahodatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini reglamentga muvofiq koʻrsatish jarayonini nazorat
qilish;
umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallarni oʻz vaqtida
nizom talablariga muvofiq buyurtma shakllantirish hamda yetkazib berish jarayonini tashkil etish va
nazorat qilish;
umumtaʻlim maktablari tomonidan bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonini tashkil etish va
qabul qilingan oʻquvchilarni Vazirlikning adm.maktab.uz elektron platformasiga kiritilishini
nazorat qilish;
tuman (shahar)dagi umumtaʼlim maktablariga maktab yoshidagi bolalarni toʻliq qamrab olish
boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda qabul qilinishi kutilayotgan 1-sinf
oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi”ga buyurtmalarni shakllantirish va 1-sinfga qabul qilingan
oʻquvchilarini oʻz vaqtida “Prezident sovgʻasi” bilan taʻminlash jarayonini nazorat qilish;
erp.maktab.uz elektron platformasida oʻquvchilar haqidagi maʻlumotlarni shakllantirilishini
nazorat qilish;
umumtaʻlim maktablari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish;
umumtaʼlim
maktablarida
muvofiqlashtirish;
maktab-pedagogik
hujjatlarini
yuritish
jarayonini
maktab filiallarini faoliyatini tahlil qilish, ularning kelgusidagi faoliyati boʻyicha boʻlim
boshligʻiga taklif kiritish;
yangidan tashkil etiladigan umumtaʻlim maktablarini faoliyatini tashkil etish jarayonini
muvofiqlashtirish;oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtishda davlat xizmatlari orqali ariza
topshirgan fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qilish.
umumtaʻlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni
muvofiqlashtirish;
sohaga oid hisobotlarni toʻplash, asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish, boʻlim
boshligʻiga va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilishni tashkil etish;
umumtaʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasidagi fan olimpiadalarining quyi bosqichlari
oʻtkazish jarayonini muvofiqlashtirish;
umumtaʻlim maktablariga biriktirilgan mikrohudud maʻlumotlarini tahlil qilish va
adm.maktab.uz elektron tizimiga kiritish jarayonini nazorat qilish;
lavozim majburiyatiga taalluqli yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolardan kelgan murojaatlarni
oʻrganib chiqib, tegishli javob xatlarini yuborish;
boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari
talablariga rioya qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik
obroʻsini hurmat qilish;
taʻlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʻlumotlarning himoya qilinishini taʻminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
Manzil / aloqa:
Shayxontohur tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
(+998) 71 244-65-03
✅ Talablar
Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga
egalik afzallik beradi) Pedagogika, psixologiya, yurisprudensiya, moliya-iqtisod, menejment
(ijtimoiy soha) hamda harbiy taʻlim yoʻnalishini tamomlagan va
zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega boʻlgan pedagoglar Kamida 4 yil shundan, 1 yil davlat boshqaruvi organlari yoki taʼlim
sohasi boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k),
zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil
foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli
ko‘nikmaga ega bo‘lishi Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda
idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim
standartlaridan xabardor boʻlishi;
Qonunchilikka muvofiq Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimida
mehnat faoliyatini amalga oshirishga cheklovlar mavjud emasligi.
Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik
hisoblanadi).
Tajriba: kamida 4 yil