Tarmoq muhandisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 17.07.2026

📋 Tavsif

Uzum Market jamoasiga logistika obyektlari infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan boshlang‘ich darajadagi Tarmoq muhandisini qidirmoqdamiz.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Uzum Market obyektlarida tarmoqning uzluksiz ishlashini ta’minlash;

  • Tarmoq va server uskunalarini administratsiya qilish;

  • Taqsimlangan videokuzatuv tizimini qo‘llab-quvvatlash;

  • Infratuzilma va loyiha vazifalarida ishtirok etish;

  • JSM tizimidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish;

  • Texnik hujjatlarni yuritish.

Biz uchun muhim:

  • Kompyuter tarmoqlarini qurish va administratsiya qilish tamoyillarini yaxshi bilish, TCP/IP stekini tushunish;

  • Tarmoq uskunalari (L2/L3 kommutatorlari, marshrutizatorlar, Wi-Fi kontrollerlari va kirish nuqtalari) bilan amaliy ishlash tajribasi;

  • Turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bilan ishlash tajribasi;

  • Windows Server va Active Directory bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar;

  • Mas’uliyat, analitik fikrlash va tarmoq texnologiyalari yo‘nalishida rivojlanishga intilish.

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • VMware bilan ishlash tajribasi;

  • Linux serverlarini administratsiya qilish tajribasi;

  • CCNA va boshqa sohaga oid sertifikatlar;

  • HikVision va Dahua videokuzatuv tizimlarini qo‘llab-quvvatlash tajribasi;

  • СКУД va HikCentral tizimlari bilan ishlash tajribasi.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Yirik infratuzilma bilan ishlash va tarmoq texnologiyalari bo‘yicha tajribangizni rivojlantirish imkoniyati;

  • Asos — zo‘r ishlashning cheksiz istagi, yoqimli bonus esa - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa afzalliklar;

  • Toshkent markazidagi zamonaviy va qulay ofis;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi.


✅ Talablar

Yo'nalish: Operatsiyalar Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 1 yildan boshlab