Невропатолог хамшираси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 17.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar Sergeli tumani 61-sonli oilaviy poliklinika Bo'lim: Тор доирадаги хамширалар Vazifalar: Nevropatolog hamshirasi: O‘z xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi; Tibbiy muolajalarni noto‘g‘ri bajarganligi; Tibbiy hujjatlarni noto‘g‘ri yuritganligi; Dori vositalari va tibbiy buyumlarning hisobini noto‘g‘ri olib borganligi; Bemorlarning tibbiy sirini oshkor qilganligi; Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmaganligi; Ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. Nevropatolog hamshirasi: Hamshiralik ishi asoslarini; Nevrologik kasalliklarning asosiy belgilari va kechishini; Favqulodda nevrologik holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini; Diagnostik va davolash muolajalarini bajarish tartibini; Reabilitatsiya va parvarish asoslarini; Tibbiy hujjatlarni yuritish qoidalarini; Sanitariya-epidemiologik talablarni; Tibbiy etika va deontologiya qoidalarini; Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi lozim. Hamshiralik ishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki professional tibbiy ma’lumot. Tegishli mutaxassislik bo‘yicha amaldagi sertifikat yoki malaka hujjati. Kompyuter va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi. Bemorlar bilan samarali muloqot qilish va jamoada ishlash qobiliyati. Nevropatolog hamshirasi: Nevrolog shifokor va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi. Diagnostika, fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘limlari bilan o‘zaro aloqada ishlaydi. Bemorlar va ularning oila a’zolariga davolanish hamda parvarish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi. Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

1.1. Nevropatolog hamshirasi nevrologiya kabineti, poliklinika yoki shifoxonaning nevrologiya bo‘limida faoliyat yuritadi hamda nevrolog shifokorga bemorlarni diagnostika qilish, davolash va kuzatishda ko‘maklashadi. 1.2. Lavozimga hamshiralik ishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki professional tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi. 1.3. Nevropatolog hamshirasi o‘z faoliyatida: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga; Muassasa ustaviga; Ichki mehnat tartibi qoidalariga; Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga; Ushbu lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi. 1.4. Nevropatolog hamshirasi bevosita nevrolog shifokor, katta hamshira yoki bo‘lim mudiriga bo‘ysunadi. 2. Lavozim vazifalari Nevropatolog hamshirasi quyidagi vazifalarni bajaradi: Bemorlarni nevrolog qabuliga tayyorlaydi va qabulni tashkil etishda yordam beradi. Bemorlarning shikoyatlari, arterial qon bosimi, puls, tana harorati va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlaydi hamda qayd etadi. Ambulator kartalar va boshqa tibbiy hujjatlarni yuritadi. Shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq davolash va diagnostik muolajalarni bajaradi. Inyeksiya, infuziya va boshqa hamshiralik muolajalarini amalga oshiradi. Nevrologik bemorlarni kuzatadi va ularning holatidagi o‘zgarishlar haqida shifokorga ma’lumot beradi. Diagnostik tekshiruvlar (EEG, EMG, MRT, KT va boshqalar) uchun bemorlarni tayyorlaydi va yo‘naltiradi. Reabilitatsiya va tiklanish davridagi bemorlarga tavsiyalar beradi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning saqlanishi hamda hisobini yuritadi. Sanitariya-gigiyena va infeksiya nazorati qoidalariga rioya qiladi. Favqulodda nevrologik holatlarda (insult, epileptik tutqanoq va boshqalar) shoshilinch yordam ko‘rsatishda ishtirok etadi. Bemorlar va ularning qarindoshlariga parvarish bo‘yicha tushuntirishlar beradi.

📎 Manba