Акушер-гинеколог шифокори
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 9-son oilaviy poliklinika
Bo'lim: умумий амалиёт бўлими
Vazifalar:
Ginekolog shifokorning xuquq lari kuyidagilardan iborat muassasa raxbari va yukori turuvchi sog‘likni saklash boshkaruv va boshka manfaatdor idoralarga biriktirilgan axoliga tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;
tibbiy-sanitariya yordam masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, ilmiy-maliy konferensiyalarda ishtirok etish, shifokorining maqsad va vazifalariga tegishli bo‘lgan turli jamoat va kasbiy tashkilotlarga a’zo bulish;
o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustaqil o‘qish sog‘likni saqlash boshqaruv va malaka oshirish muassasasi tomonidan tashkil etilgan qiska muddatli sikl va seminarlarda ishtirok etish yuli bilan takomillashtirish;
o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun xar besh yilda bir marta Sog‘likni saqlash vazirligining amaldagi yo‘riqnomalariga muvofiq attestatsiyadan o‘tish;
boshqa mutaxassis va tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan va vakolatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etish;
o‘z vakolat doirasiga kirmaydigan vazifalar yuklatilganda undan bosh tortish;
Ginekolog shifokor o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
Ginekolog shifokor aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va xamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1. Ginekolog shifokori - ginekolog mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotiga, jinsi va yoshidan kat’i nazar biriktirilgan aholiga keng ko‘lamdagi shifokorlik ixtisoslashgan yordam ko‘rsatish va profilaktik tadbirlar o‘tkazish xuquqiga ega bo‘lgan diplomli mutaxassisdir.
2. Ginekolog shifokor malakaviy tavsif talablariga muvofiq bilim va malakaga ega bo‘lishi, axoliga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish uchun tegishli amaliy ko‘nikmalarni mustaqil bajara olishi kerak;
Jumladan, ginekolog shifokor aholini poliklinkada va uyda ko‘riklarini, kasalxonagacha tibbiy yordam ko‘rsatishni, profilaktik, epidemiyaga qarshi, diagnostika-davolash va reabilitatsiya tadbirlari majmuini amalga oshiradi.
3.Ginekolog shifokori ixtisoslashgan yordam ko‘rsatish mahallabay amalga oshiriladi.
4.Ginekolog shifokori bevosita muassasa raxbariga bo‘ysunadi.
5.Ginekolog shifokor o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruq va yo‘riqnomalari, tegishli Sog‘likni saqlash xududiy organlari, tuman/shaxar tibbiyot birlashmasi va davolash profilaktika muassasasi rahbarining buyruq va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.
6. Ginekolog shifokorni lavozimga tayinlash va ozod qilish amaldagi mehnat konunchiligida belgilangan tartibda, muassasa raxbari tomonidan amalga oshiriladi.
7.Ginekologik kasalliklari profilaktikasi maqsadida axoli orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, axolining shaxsiy gigiena koidalariga rioya qilish, kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni ta’minlash, ommaviy va individual profilaktika choralari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini xosil qilish ;
- kasallik aniqlanganlarni standart va klinik protokollar asosida olib borish, sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya tadbirlarini tashkillashtirish;
- biriktirilgan xududdagi ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchi va ukuvchilarining chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riqlarini o‘tqazish va kasallik aniqlanganlarni sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish;
- surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratiga olingan bemorlarni kasallik darajasi va bemorning xolatidan kelib chiqqan holda individual olib borish, kuzatish, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya rejalarini belgilash va amalga oshirish;
- kasallik o‘ta og‘ir va notipik ravishda kechayotgan xolatlarda o‘z vaqtida tibbiy konsultatsiya uyushtirish, bemor xolatiga va salomatlik ko‘rsatkichlariga asoslanib TMKPga yuborish.
8.Faoliyat natijalari yuzasidan tasdiqlangan tibbiy hisob va hisobot xujjatlarini yuritish;