Emlash xona hamshirasi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 8-son oilaviy poliklinika
Bo'lim: Ўрта тиббий ходимлар
Vazifalar:
1. Emlash xonahamshirasi o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
-Emlash xonasida tartibni sanitariya-epidemiyaga qarshi talablariga muvofiq saqlash.
-Shifokor tavsiyasiga muvofiq bolalarga vaksinasiya o‘tqazish.
-Emlashlarni amalga oshirish va xavfsiz immunizatsiya qoidalariga rioya qilish.
-Zarur holatlarda vrachlar tavsiyasiga muvofiq vaksinasiya qilingan bolalarga shoshilinch yordam ko‘rsatish.
-Amalga oshirilgan emlashlarni va ishlatilgan vaksinalarni qilingan ro‘yxatga olish uchun 112/u shaklida hamda emlashlarni ro‘yxatga olish ish jurnallarida (sanasi, emlash turi, dozasi va seriyasini ko‘rsatish holda) hisob hujjatlarini yuritish.
-112/u shaklini emlashlarni 063/u shaklida qayd qilishi uchun oilaviy shifokoriga berish
-Shifokor tavsiyasiga muvofiq kerakli vaksinalar, emlash materiallari, dori-darmonlar, uskunalar va bog‘lash vositalariga talablarni rasmiylashtirish va ularni olish, emlash xonasida vaksinalar hamda zardoblar saqlanishini ta’minlash.
-Barcha xizmat ko‘rsatilayotgan aholiga 063/u va 064/u shakllari kartalaridan kartotekani shakllantirish.
-Profilaktik emlashalar kartalarini o‘z vaqtida to‘ldirish.
-Hamshiralar bilan birga yiliga 2 marta 063/u va 064/u shakllarining to‘ldirilishi nazoratini o‘tqazish.
-Kelgusida davr (hafta, oy, yil) emlashlar taqvimiga muvofiq emlashlar sanalarini rejalashtirishda ishtirok etish.
-Hudud hamshiralaridan olingan ma’lumotlar asosida, o‘tgan oy uchun emlashlar qamrovi hisobini yuritish.
-Tibbiy chiqindilarning xavfsiz utilizatsiyasi qoidalariga rioya qilish.
- Vaksinalarni ishlatilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlash va uni MShSENga taqdim etish.
4. Poliklinika ichki tartib qoidolariga rioya qilish.
5. Lavozim yo'riqnomasi bandlariga to'liq rioya qilib ularni o'z vaqtida va sifatli bajarish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qora-Su-3 mavzesi, Mingbuloq ko’chasi, 40-uy
(998)71 265-69-43
✅ Talablar
O'rta maxsus tibbiy ma'lumotga ega, davolash ishi, hamshirali ishi, feldsherlik ishi, akusherlik ishi yo'nalishini tamomlagan mutaxassis, Havfsiz immunizasiya bo‘yicha malaka oshirish