Markaz direktori oʻrinbosari – bosh ijtimoiy hodim
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi
Bo'lim: Pastdarg‘om tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
Vazifalar:
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ro'dakiy ko'chasi 174-uy.
+998557069344
✅ Talablar
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi). Ijtimoiy-iqtisodiy sohada 3 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi, shundan kamida 1 yili Agentlik tizimida (Ijtimoiy xodim hamda supervayzer boʻlib kamida 6 oy mehnat tajribasiga ega boʻganda ustuvorlik beriladi). Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi. Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. – davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
– jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomala madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
– korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
– soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
– O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” 2022-yil 8-avgustdagi
O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.
Tajriba: kamida 3 yil