Bosh mutaxassis

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Mirobod tumani 💰 3 044 811 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 18.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Bo'lim: Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish boshqarmasi Vazifalar: Bosh mutaxassisning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida doktorlik dissertatsiyasini bajarishga qaratilgan amaliy tadqiqot loyihalaridan iborat Yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish; “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar oʻrtasida tanlov tashkil qilish, arizalarni qabul qilish va ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek, moliyalashtirilgan shartnomalarni monitoringini olib borish va maxsus axborot tizimini takomillashtirish; oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda tizim faoliyati boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish; Boʻlim tomonidan ilm-fan va taʼlim integratsiyasini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish, asoslangan xulosalar tayyorlash hamda ularni oʻz vaqtida va oʻrnatilgan tartibda kiritish; Boʻlimga yuklatilgan vazifalar ijro holatini nazorat qilish, ijro holati yuzasidan maʼlumotlar va hisobotlarni tayyorlash; normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish, ularni oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda kiritish; jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри, Олмазор тумани, Университет кўчаси, 7-уй (71) 203-32-23

✅ Talablar

Bosh mutaxassis lavozimiga oliy maʼlumotli (magistr darajasiga ega, ilmiy darajaliga ustuvorlik beriladi), oʻzbek va rus tillarini (ingliz tilini bilishi qoʻllab-quvvatlanadi) biladigan, ilm-fan, taʼlim sohasida kamida 3 yil ish stajiga, ushbu sohalarga oid asosiy qonunchilik va normativ-huquqiy bilimlarga, muzokaralarni oʻtkazishga hamda notiqlik qobiliyatiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba