bosh mutаxаssisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Bo'lim: Xalqaro moliyaviy institutlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi
Vazifalar:
1. Boshqarma faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshirilishida ishtirok
etish, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
2. Boshqarmasi faoliyatiga doir masalalarni tezkor yigʻilishlarda muhokama
qilinishida hamda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok etish;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati
a’zolarining xorijiy davlatlarga, shuningdek, xorijiy davlatlar rahbarlarining
Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari natijasida tasdiqlangan Davlatlararo “Yo‘l
xarita”larining ijrosini tegishliligi bo‘yicha muvofiqlashtirish hamda ijrosi bo‘yicha
ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda kiritib borish;
4. Oʻzbekiston Respublikasi hamda xalqaro moliyaviy institutlar va xalqaro
tashkilotlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyalar
yig‘ilishlariga Iqtisodiyot va moliya vazirligining pozitsiyasini shakllantirish, qabul
qilingan qarorlar va dasturlarning tizimli monitoringini ta’minlash;
5. Xalqaro moliyaviy institutlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni
rivojlantirishga doir Hukumatlararo va idoralararo hujjatlar (shartnoma, bitim,
memorandum) loyihalarini Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda ko‘rib chiqib,
ekspert xulosalar tayyorlash;
6. Xalqaro moliyaviy institutlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy
va moliyaviy aloqalarni rivojlantirish va ular bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlarga
tayyorlanish;
7. Departament rahbariyatining ruxsati bilan soha faoliyatiga oid yigʻilish
va anjumanlarda qatnashish;
8. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham
bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
+998712035050
✅ Talablar
1. Iqtisod va moliya mutaxassisliklari boʻyicha tugallangan oliy maʼlumotga ega
boʻlishi;
2. Iqtisodiyot va moliya sohalarda va respublika darajasidagi davlat boshqaruv
organlarida 1 (bir) yillik ish stajiga ega boʻlishi;
3. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan
xabardor boʻlib boradigan, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
4. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz
vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional
yondashish kabi qobiliyatlariga ega boʻlishi;
5. Xalqaro munosabatlar bo‘yicha tushuncha va tajribaga, xalqaro moliyaviy
institutlar va xalqaro tashkilotlar faoliyati haqida bilimga ega bo‘lish
6. MS Word, Excel, PowerPoint, dasturlarida professional ishlay olish hamda
ish jarayonida tahliliy jadval, grafik va vizualizatsiyalardan foydalana olishi;
7. Tizimli tahlil qilish, masʼuliyat, mustaqil ishlay olish va qaror qabul qilish
koʻnikmalariga ega boʻlish hamda yangi islohotlar va ilmiy manbalarni muntazam
oʻrganib borishi;
8. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini bilgan nomzodlarga
afzallik beriladi);
9. Xalqaro forum, seminar va konferensiyalarda ishtirok tajribasiga, xalqaro
tashkilotlar, ekspertlar va konsultantlar bilan erkin muloqot qilish koʻnikmalariga ega
boʻlgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.10. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
Tajriba: kamida 1 yil