Bo'lim boshlig'i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi
Bo'lim: Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy budjetni shakllantirish yigʻma tahlil boʻlimi
Vazifalar:
Boʻlim faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishini tashkillashtirish, Boʻlim xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini nazorat qilish;
hudud va tuman(shahar)lar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo’ljallangan prognoz parametrlarini ishlab chiqish;
jadal kompleks rivojlantirish rejalashtirilgan tuman (shahar) dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
belgilangan prognoz koʻrsatkichlariga erishish maqsadida aniq chora-tadbirlarni (amalga oshirish muddati va masʼul ijrochilari belgilanadi) nazarda tutuvchi hudud hamda tuman (shahar)larni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqish.
prognoz koʻrsatkichlar va unga erishish uchun qabul qilingan dasturlar ijrosini monitoring qilish;
tuman (shahar)lar iqtisodiy o’sishiga turtki beruvchi drayver loyihalarni aniqlashi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilib borish;
mahalliy budjetlar soʻrovi boʻyicha Budjet kodeksi hamda viloyat hokimi qaroriga asosan belgilangan muddatlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga budjet soʻrovini taqdim etish;
viloyat mahalliy budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetasi hamda tuman va shaharlar mahalliy budjetiga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritish;
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18: 00 gacha
Manzil / aloqa:
Toshkent viloyati Nurafshon shahar Toshkent yo'li ko'chasi 90-uy
71-762-60-21
✅ Talablar
Boʻlim boshligʻi lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 3 (uch) yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
Boʻlim boshligʻi mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart.
Tajriba: kamida 3 yil