Bosh mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi
Bo'lim: Mahallalarning moliyaviy taʼminotini taʼminlash va fuqarolar tashabbusli budjeti jarayonlarini muvofiqlashtirish
Vazifalar:
tuman (shahar) mahalliy budjet parametrlarida doirasida tashabbusli budjet uchun xarajatlar smetasini roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda tashabbusli budjet jamgʻarmasiga oʻtkazilishini taʼminlash;
tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan kamida
30 foizini tuman/shahar hokimliklari huzuridagi Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga ajratish boʻyicha takliflarni hududiy Kengashlarga kiritish;
kengash qaroriga asosan ajratilgan mablagʻlarni tuman/shahar hokimliklari huzuridagi Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga oʻtkazilishini taʼminlash;
jamgʻarmadan mavjud qarzdorliklar yuzasidan tuman hokimligiga hamda Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga axborot kiritib borish;
tashabbusli budjet uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdori hamda yangi mavsum boshlanishini “Ochiq budjet” axborot portali va ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazish;
ochiq budjet axborot portalida fuqarolar tomonidan tashabbus kiritish jarayonini nazorat qilib borish va mavjud kamchiliklarni zudlik bilan Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga yetkazish;
hududiy ishchi komissiyalarga tashabbuslarni tanlab olishda taklif va tavsiyalar berib borish hamda ishchi komissiya yigʻilishlarida qatnashish;
tanlab olingan takliflarni ochiq budjet portalida ovoz berish jarayoniga oʻtkazilishini toʻliq taʼminlash;
ovoz berish jarayonida mavjud kamchiliklar va belgilangan talablarga rioya qilinishi yuzasidan Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga takliflar kiritib borish;
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18: 00 gacha
✅ Talablar
Bosh mutaxassis lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 1 (bir) yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
Bosh mutaxassis mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart.
Tajriba: kamida 1 yil