Ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ish beruvchilar bilan ishlash sho'basi mudiri

Doimiy Ish
📍 Buxoro viloyati, Buxoro tumani 💰 2 209 862 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 18.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Buxoro tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi Bo'lim: Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'yicha Vazifalar: Sho‘ba boshlig‘i quyidagi majburiyatlarni bajaradi: Oʻz lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish, hisobotlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlash; Faoliyat samaradorligini oshirish, kasbiy bilim va malakasini takomillashtirish ustida doimiy ishlash; Lavozimiga koʻra biriktirilgan yoʻnalishlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va oʻzlashtirish; Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish; boʻlimning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish; Boʻlimga murojaat qilgan fuqarolarga xushmuomalalik bilan muloqotda boʻlish, ularning soʻrov va talablarini asossiz rad etishga yoʻl qoʻymaslik; Korrupsiya koʻrinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qoʻllab-quvvatlanishiga imkon bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini oshirib borish choralarini koʻrish; Xizmat doirasida foydalaniladigan va ish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa cheklangan maʼlumotlarni oshkor qilinishiga yoxud undan gʻarazli va boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik; Boʻlim faoliyatiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar, axborotlarni sir saqlash, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va boʻlimga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlash; Hisobot va axborotlarning belgilangan muddatlarda va sifatli tayyorlanishini, yuqori tashkilotlarga tegishligi boʻyicha berilishini taʼminlash; Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarga oʻz vaqtida va sifatli javob berilishini taʼminlash. Lavozimdan ozod etilgan hollarda ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar va foydalanishdagi moddiy boyliklarning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida yangidan tayinlangan xodim yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirish; Sho‘ba boshlig‘i qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin. Ish sharoitlari: dushanba-juma 09-00 dan 18-00 gacha Manzil / aloqa: Buxoro tuman Gala-osiyo shahri Buxoro shoh ko'chasi 9-uy 998919754160

✅ Talablar

Sho‘ba boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotga ega, Iqtisodiyot, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Yurisprudensiya, Biznesni boshqarish, Menejment kabi mutaxassisliklardan biriga ega kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayinlanishi mumkin. Nomutaxassis bo‘lgan taqdirda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik tizimida kamida 5 yillik mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan shaxslarga afzallik beriladi. Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi. Sho‘ba boshlig‘i davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilishi bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lganda afzallik beriladi) lozim. Sho‘ba boshlig‘i bo‘lim boshlig‘i tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba