Bosh mutaxassis (budjet)

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Mirobod tumani 💰 3 822 151 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 18.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Bo'lim: Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi Vazifalar: 1. hrm.argos.uz va my.mehnat.uz dasturiy majmulariga Davlat aktivlari agentligi tizim xodimlarining ma’lumotlarni to‘liq kiritib borish hamda ushbu ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligini monitoring olib borish, shu bilan birga qabul qilinadigan barcha ichki hujjatlarni ushbu tizimlarda yuritilishini amalga oshirish; 2. Davlat aktivlari agentligi tuzilmasi va shtatlarini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, xodimlarining malakasini doimiy oshirib borish ishlarini tashkil qilishda ishtirok etish, 3. Davlat aktivlari agentligi agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida inson resurslarini boshqarish, vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga oʻtkazish, ularni rotatsiya qilish hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish jarayonida shaffoflikni taʼminlash; 4. Ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiq maxsus elektron dastur asosida talabgor fuqarolar va Davlat aktivlari agentligi agentligi tizimi xodimlarining barchasiga teng imkoniyatlardan foydalangan holda saralab olishga qaratilgan tanlovlarni tashkillashtirish; 5. Vakant lavozimlarga psixologik jihatdan sogʻlom, kasbiy mahorati yetuk sifatga ega hamda belgilangan malaka talablariga javob beradigan nomzodlarni izlab topish va ularning zaxirasini shakllantirishda ishtirok etish; 6. Davlat aktivlari agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining mehnat intizomi holati, jumladan, Odob-axloq, Ichki mehnat tartib hamda Ichki tartib-rejim qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etish. 7. Muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz taʼlim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etish; 8. asosiy lavozimlarga kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash; 9. xodimning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatning samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida rotatsiya qilish; 10. Vazifa va topshiriqlarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilishni amalga oshirish. 11. Davlat aktivlari agentligi rahbariyati, bo‘lim boshligʻining koʻrsatmalari va topshiriqlarini bajarishda Davlat aktivlari agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan oʻrnatilgan tartibda oʻzaro hamkorlik qilish. 12. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan kirish hujjatlari, xatlar, murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda amaldagi qonunchilik doirasida ijrosini taʼminlash, shuningdek tegishliligi boʻyicha chiqish hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ularni imzolash, xat loyihalarini bo‘lim boshligʻiga kiritish. 13. Mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, Ichki tartib-rejim va Ichki mehnat tartibi qoidalariga qatiy rioya qilish. Ish sharoitlari: dushanbadan - jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha Manzil / aloqa: 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6 (998) 71 259 20 34

✅ Talablar

1. Iqtisodiyot, yuridik yoki boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistratura yoki ilmiy darajaga ega boʻlish afzallik beradi); 2. Mehnat staji kamida 3 yil boʻlishi, shundan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida mutaxassisligi boʻyicha kamida 2 yil ishlagan boʻlishi. 3. “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonini, “Mehnat kodeksi” va boshqa sohani tartibga soluvchi huquqiy hujjatlardan, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlaridan toʻliq xabardor boʻlishi. 4. Normativ-huquqiy va ichki xujjatlar loyihalarini tayyorlay olish. 5. Strategik va tahliliy fikr yurita olish, qarorlarni tez qabul qila olish hamda ularni bajara olish. 6. Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi); 7. Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi. 8. hrm.argos.uz va my.mehnat.uz dasturiy majmulari, Microsoft Office dasturlari ((Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba