Pravizor
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
Bo'lim: Ichki dorixona bo'limi
Vazifalar:
Dori darmonlarni (moddiy boyliklarni) qabul qilish, saqlash, chiqarish, tashish, ularni bo‘limlarga oqilona berish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, Yuklash va tushirish ishlarini tashkil etish, dori darmonlar va materiallarni sifatli qabul qilish va jo‘natishini ta’minlash, Dori darmonlarning saqlanishini, saqlashning maqbul usullariga, inventar buyumlarning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab saqlash rejimlariga rioya etilishini ta’minlash, Ichki dorixona zahiralarini boshqarish, dori darmon va materiallar inventarlarini tashkil etish va lavozim majburiyatidangi vazilar.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kuni: shanba va yakshanba. Ish vaqti: 08: 30 dan 16: 30 gacha
Manzil / aloqa:
Xorazm viloyat, Uranch shahar Taraqqiyot ko'chasi 1/2 uy
622281122
✅ Talablar
Pravizori sifatida 3 yillik ish tajribasi, Xodim bilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va aholining sanitariya-epidemiologiya farovonligi sohasidagi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari; kuchli ta’sir etuvchi, psixotrop va giyohvandlik vositalarining muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar; kasbiy faoliyat yo’nalishidagi me’yoriy-uslubiy hujjatlar; mehnatni tashkil etish tamoyillari; tibbiy tashkilotning rejalashtirish, iqtisodiy va moliyaviy faoliyati asoslari; xo‘jalik va mehnat shartnomalarini bajarish tartibi; aholiga gigienik ta’lim va tarbiya berishni tashkil etish shakllari va usullari; birlamchi buxgalteriya hisobi va hisobot hujjatlarini yuritish tartibi; tibbiy etika; professional muloqot psixologiyasi; mehnat qonunchiligi asoslari; mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalari.
Tajriba: kamida 3 yil