yetakchi mutaxassisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Bo'lim: Muhim ahamiyatga ega, suv xoʻjaligi va boshqa sohalarga kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish boʻlimi
Vazifalar:
1. Boʻlim boshligʻi tomonidan boʻlim Nizomiga muvofiq yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, muhim ahamiyatga ega, suv xoʻjaligi va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan tadbirlarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muvofiqlashtish boʻyicha zarur moliyaviy, iqtisodiy va sohaga oida boshqa takliflar boʻyicha xulosalar tayyorlash;
2. Muhim ahamiyatga ega va boshqa sohalar boʻyicha davlat investitsiya dasturi doirasidagi loyihalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida moliyalashtirish uchun tegishli barcha choralarni koʻrish (manzilliy roʻyxatlarni koʻrib chiqish, kelishsish, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, tahrirlash, xarajatlar smetasini koʻrib chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazish va h.k.);
3. Suv xoʻjaligi (irrigatsiya va melioratsiya) boʻyicha taqdimot materiallarini tayyorlash;
4. Suv xoʻjaligi (irrigatsiya va melioratsiya) boʻyicha manfaatdor Vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash;
5. Muhim ahamiyatga ega va boshqa sohalar boʻyicha taqdimot materiallarini tayyorlash, zarur holatlarda hisobot shakllari va yakuniy hisobotni yuqori turuvchi va (yoki) manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishish;
6. Muhim ahamiyatga ega va boshqa sohalar boʻyicha manfaatdor Vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash;
7. Suv xo’jaligi (irrigatsiya va melioratsiya) boʻyicha taqdimot materiallarini tayyorlash, zarur holatlarda hisobot shakllari va yakuniy hisobotni yuqori turuvchi va (yoki) manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishish;
8. Boʻlimga biriktirilgan yoʻnalishlar doirasida doimiy ravishda maʼlumotlar bazasini shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borishi;
9. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
09:00-18:00
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
+998712035050
✅ Talablar
1. Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlari boʻyicha tugallangan oliy ma’lumotga ega boʻlishi;
2. IIqtisodiy va moliyaviy sohalari boʻyicha davlat organlarida kamida
2 (ikki) yillik ish stajiga ega boʻlishi;
3. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi.
4. Iqtisodiyot va qurilish sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi va ushbu yoʻnalishda xorijiy tajribadan xabardor boʻlishi.
5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik
va oʻz vazifasiga masʻuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish;
6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office, MS Excel, Power point, “DM BAT” DM) mukammal darajada ishlay olishi;
7. Normativ-huquqiy ijodkorlikdan xabari boʻlishi (mustaqil ravishda qaror loyihalari va rahbariyatga bildirgilarni yoza olishi).
8. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini bilgan nomzodlarga afzallik beriladi).
9. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
Tajriba: kamida 2 yil