Bosh buxgаlter o‘rinbosаri

Doimiy Ish
📍 Xorazm viloyati, Xazorasp tumani 💰 3 792 832 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 18.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Xazorasp tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi Bo'lim: Марказлашган бухгалтерия Vazifalar: ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʻati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʻati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʻminlagan holda faoliyatini olib boradi; Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining “ Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida moliya-buxgalteriya xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish” toʻgʻrisidagi 2024-yil 16-dekabrdagi 397-sonli buyrigʻiga asosan Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining ( bosh hisobchi oʻrinbosari ham) onlayn malaka oshiruv kurslarida sertifikat olishi hamda oflayn tashkil etiladigan imtixonlarda ham sertifikat olishini taʻminlaydi; umumtaʻlim muassasalari boʻyicha buxgalteriya xizmati xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini, ular oʻrtasida taqsimlangan vazifalar bajarilishini taʻminlaydi; umumtaʻlim muassasalari boʻyicha buxgalteriya xizmati xodimlarining ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishini taʻminlaydi; maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini oʻz vaqtida tuzilishi hamda roʻyxatdan oʻtkazilishini, shuningdek, zurur holarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritilishini taʻminlaydi; Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlar xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlarini tegishli koʻrsatkichlar, meʻyoriy hujjatlar asosida oʻz vaqtida tuzilishi hamda roʻyxatdan oʻtkazilishini, shuningdek, zurur holarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritilishini taʻminlaydi; maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tahlil qilib borilishini taʻminlaydi; maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlarini tuzish uchun tegishli boʻlgan koʻrsatkichlar oʻzgarishini tahlil qilib borilishini taʻminlaydi; Buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari va shartnomalar tuzilishini amaldagi qonunchilikka muvofiqligini hamda toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʻminlaydi; maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarning tovar-moddiy qiymatliliklarni amaldagi qonunchilikka muvofiq roʻyxatga olish, kirim qilish va hisobdan chiqarishni taʻminlaydi; maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlar xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda toʻlanashini taʻminlaydi; maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarida ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni chegirish boʻyicha doimiy tahlil qilib borilishini taʻminlaydi va chegiriladigan mablagʻlar toʻgʻrisida Bosh hisobchi hamda Bosh iqtisodchiga axborot kiritib boradi; Buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʻlim muassasalarining homiladorlik va tugʻish nafaqalarini belgilangan muddatlarda topshirilishini va toʻlanishini, qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni tahlil qilib borilishini va jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalariga yuborilishini taʻminlaydi; Buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʻlim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha shtatlar jadvallarini (tarifikatsiya roʻyxatlari) tuzilishi va tasdiqlanishini, jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalariga yuborilishini taʻminlaydi; Buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʻlim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha xarajatlar smetalari tuzilishi va tasdiqlanishini, jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalariga yuborilishini taʻminlaydi; Buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʻlim muassasalarining ish haqi toʻlovlari uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblar asosida aniqlanishini va ushbu qoʻshimcha mablagʻ ajratish uchun buyurtmanomalarni jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalariga yuborilishini taʻminlaydi; maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʻminlaydi; maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlarini (daromadlarni oshirish boʻyicha) jalb qilish holatlarini taʻminlaydi; moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida Buxgalteriya xizmat tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallari, ularni tuzish uchun tegishli koʻrsatkichlar oʻzgarishi hisobiga kiritilgan va kiritilayotgan oʻzgartirishlarni, shuningdek, xodimlarga amalga oshirilayotgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻgʻri toʻlab borilayotganligini doimiy ravishda tahlil qilib borilishini taʻminlaydi; buxgalteriya hisobi va hisobotlarini amaldagi meʻyoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini hamda yuritilishini taʻminlaydi; tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni tuzish va hududiy organlarga oʻz vaqtida topshirilishini taʻminlaydi; buxgalteriya hisobotlari boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi. Ish sharoitlari: Ish kunlari dushanbadan-jumagacha. Dam olish kunlari shanba-yakshanba/ Ish vaqti 09-00 dan 18-00 gacha Manzil / aloqa: Xorazm viloyati Hazorasp tumani A.Navoiy ko'chasi 10A-uy 624506233

✅ Talablar

Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi), Moliya-iqtisod sohasida kamida 2 yil shundan, 1 yil moliya organlarida yoki tizim tashkilotida ishlagan bo‘lishi. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba