Markaziy poliklinika mudiri o`rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Do'stlik tuman tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: Tuman Ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi
Vazifalar:
Markaziy poliklinikaning ambulator-poliklinika faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini nazorat qilish va takomillashtirish.
Bo'limlar faoliyatini muvofiqlashtirish, tibbiy xizmatlarning uzluksiz va sifatli ko'rsatilishini ta'minlash.
Tibbiy hujjatlar yuritilishi, hisobotlar va statistik ma'lumotlarning to'g'riligini nazorat qilish.
Klinik tavsiyalar, standartlar va me'yoriy hujjatlar ijrosini ta'minlash.
Tibbiyot xodimlarining mehnat intizomi, xizmat sifati va kasbiy rivojlanishini nazorat qilish.
Aholi murojaatlarini ko'rib chiqish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Sanitariya-epidemiologik, mehnatni muhofaza qilish va yong'in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Mudir topshirig'iga asosan o'z vakolatiga kiruvchi boshqa xizmat vazifalarini bajarish.
Ish sharoitlari:
5 kunlik
Manzil / aloqa:
Do'stlik tumani G'ofur G'ulom MFY Ibn Sino ko'chasi 1-uy
+998882954646
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma'lumotga ega bo'lish.
Sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish yo'nalishi bo'yicha malaka oshirish kurslarini tamomlagan yoki amaldagi sertifikatga ega bo'lish.
Ambulator-poliklinika muassasasida yoki sog'liqni saqlash tizimida rahbarlik lavozimida kamida 3–5 yil ish tajribasiga ega bo'lish.
O'zbekiston Respublikasining sog'liqni saqlash sohasiga oid qonunchiligi va me'yoriy-huquqiy hujjatlarini bilish.
Ambulator-poliklinika xizmatini tashkil etish, rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo'yicha bilim va ko'nikmaga ega bo'lish.
Tibbiy yordam sifati, ichki nazorat, klinik protokollar va standartlar bilan ishlash tajribasiga ega bo'lish.
Tibbiy statistika, hisobotlar va tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash hamda tahlil qilish ko'nikmasiga ega bo'lish.
Tibbiy axborot tizimlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi.
Rahbarlik, jamoani boshqarish, qaror qabul qilish va samarali muloqot ko'nikmalariga ega bo'lish.
Davlat tilini mukammal bilishi, rus tilini bilishi ustunlik beradi.
Tajriba: kamida 5 yil