sho'ba mudiri - boshqarma boshlig'i o'rinbosari

Doimiy Ish
📍 Jizzax viloyati, Jizzax shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 18.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi Bo'lim: Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishini monitoring qilish sho'basi Vazifalar: ijtimoiy ish va ijtimoiy ish metodologiyasini bilish; - ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzerlarni rotatsiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; - joylarda ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchilarning faoliyatini tashkil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; - ijtimoiy xodimning asosiy vazifasi va funksiyasini bilishi; - “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan xabardor bo‘lishi; - bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchilarning faoliyatidan xabardor bo‘lishi; -tahliliy materiallar hamda jadvallar bilan ishlashni bilish; - ijtimoiy ish sohasida normativ-huquqiy hujjat loyihalarni ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; - sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro aloqalarga oid zarur bilim va malakaga ega bo‘lishi; - ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchi faoliyatini metodik ta’minlash usullarini bilish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha Manzil / aloqa: Жиззах шаҳар Кимёгар МФЙ, А.Навоий кўчаси, 4А-уй 998901809600

✅ Talablar

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka, Davlat boshqaruv akademiyasi 2 yillik magistraturasini tamomlagan xodimlarga ustuvorlik beriladi). Ijtimoiy ish sohalarda, davlat boshqaruv organlari tizimida yoki o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lishi (shundan 3 yil boshqaruv lavozimlarida, 1 yil Agentlik tizim tashkilotlarida). Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba