Funksional diagnostika EKG shifokori

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 💰 3 593 117 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 19.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yakkasaroy tumani 59-oilaviy poliklinika Bo'lim: Функционал диагностика бўлими Vazifalar: Lavozim majburiyatlari (EKG bo‘yicha) Funksional diagnostika shifokorining bevosita vazifalariga quyidagilar kiradi: Tekshiruvni o‘tkazish: Standart va qo‘shimcha tarmoqlarda EKG tushirish, zarurat bo‘lganda yuklama (nagruzka) bilan sinamalar (masalan, veloergometriya) o‘tkazish. Natijalarni talqin qilish: EKG tasmalaridagi tishchalar va intervallarni tahlil qilish, ritm buzilishlari, o‘tkazuvchanlik muammolari hamda miokarddagi o‘zgarishlarni (ishimiya, infarkt va h.k.) aniqlash. Xulosa yozish: Tekshiruv natijalari asosida tibbiy xulosa rasmiylashtirish va davolovchi shifokorga taqdim etish. Shoshilinch holatlar: Hayot uchun xavfli holatlar (masalan, o‘tkir miokard infarkti yoki og‘ir aritmiya) aniqlanganda darhol birinchi yordam choralarini ko‘rish va tegishli bo‘limga xabar berish. Texnik nazorat: Diagnostika apparaturasining sozligini nazorat qilish va xavfsizlik texnikasiga rioya etish. Ish sharoitlari: tasdiqlangan grafik asosida

✅ Talablar

Malaka talablari Ma’lumoti: Oliy tibbiy ma’lumot (Davolash ishi yoki Pediatriya). Ixtisoslashuv: "Funksional diagnostika" yo‘nalishi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish kursi yoki ordinatura/magistratura diplomiga ega bo‘lish. Bilim darajasi: Yurak-qon tomir tizimi anatomiyasi, elektrokardiografiya apparatlari bilan ishlash qoidalari va kardiogramma tahlili bo‘yicha mukammal bilim.

📎 Manba