Kunduzgi shifoxona shifokori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: 26-son oilaviy poliklinika
Bo'lim: Кундузги шифохона
Vazifalar:
Kunduzgi statsionar vrachi quyidagilarni bajarishi shart:
4. Poliklinikaning bo‘lim rahbari bilan kelishilgan holda poliklinika vrach- lari tomonidan yuborilgan bemorlarni qabul qilish, kunduzgi statsionarning barcha imkoniyatlarini hisobga olgan holda statsionarda yotgan bemorlarning dia- gnostikasi va davolanishini ta’minlash.
5. Bemorlarning salomatligi holatini baholash va davolashni yaxshilash maqsadida har kuni vrachlik ko‘rigini olib borish.
‘6. O‘z faoliyatida bemorlarni davolash, kasalliklarni oldini olish va tashhislashning zamonaviy usullarini qo‘llash.
7. Tibbiy etika va deontologiya tamoyillariga rioya qilish.
8. Amaldagi tegishli yo‘riqnomaga asosan bemorlarning vaqtinchalik ishga layoqatsizligini tekshirishni amalga oshirish va bemorlarni o‘z vaqtida vrachlar konsultativ komissiyasiga (VKK) yo‘naltirish.
9. Kunduzgi statsionar bemorlariningtibbiy kartalarini rasmiylashtirish va hamshira tomonidan tibbiy hujjatlarning yuritilishini nazorat qilish.
10. O‘rta va kichik tibbiy xodimlarning ishini nazorat qilish va boshqaruvini amalga oshirish.
11. O‘z malakasi va kunduzgi statsionarning o‘rta hamda kichik tibbiy xodimla- rining malaka darajasini muntazam oshirib borish.
Ish sharoitlari:
6 kunlik ish kuni
✅ Talablar
1. Kunduzgi statsionar vrachi lavozimiga umumiy amaliyot vrachi diplomiga ega bo‘lgan yoki boshqa mutaxassislikdagi vrach, umumiy amaliyot vrachi ixtisosligi bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli tugatgan va malakaviy xarakteristika talabla- riga asosan sertifikat olgan vrach tayinlanadi.
2. Kunduzgi statsionar vrachini ishga tayinlash va bo‘shatish amaldagi qonun hujjatlariga asosan oilaviy poliklinikaning bosh vrachi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Kunduzgi statsionar vrachi o‘z faoliyatida bevosita bosh vrachning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.