Ginekolog hamshirasi

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yangihayot tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 5 ko'rish 📅 19.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: 72-sonli oilaviy poliklinika Bo'lim: Shifokorlar bo'limi Vazifalar: 1. Bemorlarni qabul qilish va tayyorlashBemorlarni kutib olish: Bemorlarning navbati va hujjatlarini tartibga solish.Dastlabki ko‘rik: Bemorning bo‘yi, vazni, arterial qon bosimini o‘lchash va ma’lumotlarni tibbiy kartaga qayd etish.Kresloga tayyorlash: Bemorga ginekologik kresloga o‘tirishga yordam berish, kerakli asboblar (oynacha, nomet, perchatka)ni tayyorlab qo‘yish.Psixologik yordam: Bemor bilan suhbatlashib, ularni xotirjam qilish, shifokor tavsiyalarini tushuntirish.2. Shifokorga yordam ko‘rsatishMuolajalarda ishtirok etish: Shifokor ko‘rigi vaqtida yonida turib, kerakli materiallarni uzatish.Analizlar olish: Surtmalar (mazok) olish, ularni laboratoriyaga yuborish uchun tayyorlash.Asboblarni sterillash: Ginekologik asboblarni (oynacha, zond va h.k.) dezinfeksiya qilish va sterillash.3. Davolash va parvarishMuolajalar: Shifokor buyrug‘i bilan ukol (in’eksiya) qilish, shamchalar qo‘yish, dori vositalarini qo‘llash.Homiladorlarni kuzatish: Homilador ayollarning ahvolini monitoring qilish, qon bosimini o‘lchash, vazn dinamikasini kuzatish.Tug‘ruqdan keyingi parvarish: Chilla davridagi ayollarni ko‘rikdan o‘tkazish va shifokor tavsiyalarini tushuntirish.4. Hujjatlar bilan ishlashTibbiy kartalarni yuritish: Bemorlarning kasallik tarixlari va kuzatuv varaqalarini to‘ldirish.Yo‘llanmalar: Laboratoriya yoki boshqa mutaxassislar ko‘rigiga yo‘llanmalar tayyorlash.5. Sanitariya va gigiyenaXona tozaligi: Ginekologik xona (kabinet)ning sanitariya-epidemiologiya talablariga javob berishini ta’minlash.Asboblarni saqlash: Steril materiallarni to‘g‘ri joylashtirish va saqlash Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

1. Ma'lumot va Kasbiy TayyorgarlikO‘rta maxsus tibbiy ma'lumot: Tibbiyot kolleji yoki texnikumining "Akusherlik ishi" yoki "Hamshiralik ishi" (ginekologiyaga ixtisoslashgan) yo‘nalishi bo‘yicha diplomi.Sertifikat: Ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlovchi sertifikat.2. Bilishi shart bo‘lgan bilimlarAkusherlik va ginekologiya asoslari, ayollar kasalliklari diagnostikasi va davolash prinsiplari.Hamshiralik manipulyatsiyalarini (in'eksiya, dori vositalarini qo‘llash, ginekologik muolajalar) bajarish texnikasi.Aseptika va antiseptika qoidalari (infeksion xavfsizlik).Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari.Tibbiy hujjatlarni yuritish tartibi.3. Asosiy amaliy ko‘nikmalarGinekologik ko‘rik vaqtida shifokorga yordam berish.Bemorlardan tahlillar (surtma) olish.Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha muolajalarni amalga oshirish.Tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish va ishlatish.

📎 Manba