Master-texnik qidrilmoqda

Doimiy Ish
📍 Toshkent, Toshkent viloyati 💰 4 000 000 - 10 000 000 UZS 👁️ 2 ko'rish 📅 20.07.2026

📋 Tavsif

Vakansiya: Master-mexanik (Texnik xizmat ko’rsatish muhandisi) Silver Mirror Glass kompaniyasi ishlab chiqarish uskunalarining uzluksiz ishlashini ta’minlay oladigan, tajribali va mas’uliyatli Master-mexanikni ishga taklif qiladi. Vazifalar: Oyna ishlab chiqarish uskunalari va texnologik liniyalarga texnik xizmat ko’rsatish; Nosozliklarni aniqlash, diagnostika qilish va tezkor bartaraf etish; Elektr, mexanik va pnevmatik tizimlardagi nosozliklarni ta’mirlash; Elektr jihozlari, avtomatika elementlari va boshqaruv panellarini sozlash; Profilaktik texnik xizmat ko’rsatish rejasiga muvofiq ishlash; Yangi uskunalarni o’rnatish, ishga tushirish va sozlash; Payvandlash, montaj va boshqa texnik ishlarni bajarish (tajriba bo’lsa ustunlik beradi); Ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz ishlashini ta’minlash. Talablar: Elektrik, mexanik yoki sanoat uskunalari bo’yicha kamida 2 yillik ish tajribasi; Elektr sxemalarini o’qiy olish; Uch fazali elektr tizimlari bilan ishlash ko’nikmasi; Elektrodvigatellar, reduktorlar, kompressorlar va sanoat uskunalarini ta’mirlash tajribasi; Turli xil texnik va texnologik ishlarni mustaqil bajara olish; Mas’uliyatli, intizomli va muammolarni tez hal qila olish. Biz taklif qilamiz: Barqaror va o’z vaqtida to’lanadigan ish haqi; Rasmiy ishga joylashish; Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash; Professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati; Ahil jamoa va qulay ish muhiti. Ish joyi: Jomiyda

✅ Talablar

Bandlik turi: To‘liq stavkada bandlik Ish turi: Doimiy bandlik

📎 Manba