Oilaviy shifokor
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Chirchiq shahar 3-sonli Oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Шифокорлар
Vazifalar:
holiga va oilalarga eng ko‘p uchraydigan kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Bemorlarni zarur hollarda tor mutaxassislarga yoki shifoxonaga o‘z vaqtida yuborish.
Shoshilinch holatlarda kasalxonagacha bo‘lgan tibbiy yordamni ko‘rsatish.
Profilaktik ko‘riklar, kasalliklarni erta aniqlash, dispanser nazorati va reabilitatsiya ishlarini tashkil etish.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Profilaktik emlashlar va sanitariya-epidemiologik tadbirlarni amalga oshirish.
Xizmat ko‘rsatadigan hudud aholisi salomatligini kuzatish, kasallanish, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga qaratilgan choralarni ko‘rish.
Tibbiy hujjatlarni yuritish, retseptlar va yo‘llanmalarni rasmiylashtirish.
Ish sharoitlari:
Doimiy haftasiga 36 soat Dushanba-Juma 8:00dan 16:20gacha
✅ Talablar
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish uchun zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Aholiga profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsata olish.
Bemorlarni zarurat tug‘ilganda tor mutaxassislarga yoki shifoxonaga yuborish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Agar mutaxassis o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 3 yildan ortiq ishlamagan bo‘lsa, qayta tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi talab etiladi.
Malaka oshirish kurslarida qatnashish va attestatsiyadan o‘tib malaka toifasini olish huquqiga ega.