Муоллажа хамшираси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Тор соха хамширалари
Vazifalar:
Hamshiralik ishi asoslari.
Aseptika va antiseptika qoidalari.
Inyeksiya va infuzion terapiya usullari.
Favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi.
Tibbiy hujjatlarni yuritish qoidalari.
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablari.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Сергели тумани Шокирарик кучаси-18
998712516404
✅ Talablar
.1. Muolaja xonasi hamshirasi o‘rta tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi va amaldagi qonunchilik hamda tibbiyot muassasasining ichki tartib-qoidalariga amal qilishi shart.
1.2. Hamshira bevosita bo‘lim mudiri va katta hamshiraga bo‘ysunadi.
1.3. O‘z faoliyatida sog‘liqni saqlash sohasiga oid me’yoriy hujjatlar, sanitariya-gigiyena qoidalari va ushbu lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi.
2. Lavozim vazifalari
Muolaja xonasi hamshirasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Shifokor tayinlagan muolajalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
Inyeksiya (teri ostiga, mushak orasiga, vena ichiga) va infuzion muolajalarni belgilangan tartibda amalga oshirish.
Tibbiy asbob-uskunalar va sarflash materiallarini tayyorlash hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish.
Muolaja xonasida aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Dori vositalarini qabul qilish, saqlash va hisobini yuritish.
Favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Bemorlarning holatini kuzatish va zarur hollarda shifokorga xabar berish.
Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish.
Muolaja xonasining sanitariya holatini nazorat qilish.
Muolaja xonasi hamshirasi:
O‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratilishini talab qilishga.
Tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritishga.
Lavozim vazifalarini bajarish uchun kerakli ma’lumotlarni olishga.
Malakasini oshirish kurslarida qatnashishga haqli.
4. Javobgarligi
Muolaja xonasi hamshirasi:
O‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni noto‘g‘ri saqlaganligi yoki hisobini yuritmaganligi uchun.
Sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buzganligi uchun.
Bemor salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi.