Pediatr maktab shifokori

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yashnobod tumani 💰 3 265 185 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 20.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi-markaziy ko'ptarmoqli poliklinikasi Bo'lim: Ta'lim muassasalarining tibbiy yordamini tashkil etish bo'limi Vazifalar: 1. Bolalarning sog‘lig‘ini nazorat qilish – doimiy profilaktik ko‘riklar o‘tkazish. 2. Sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish – parhez, tozalik, jismoniy faollik va gigienaga e’tibor berish. 3. Tibbiy hujjatlarni yuritish – tibbiy kartochkalar, emlash jurnallari va statistik hisobotlar. 4. Emlash ishlarini tashkil etish va nazorat qilish (vaksinatsiya). 5. O‘quvchilarni tibbiy guruhlarga ajratish – jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun. 6. O‘quvchilar va o‘qituvchilarga tibbiy maslahatlar berish. 7. Favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish. 8. Ota-onalar bilan muloqot qilish – bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida axborot berish, maslahatlar taqdim etish. 9. Sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish. 10. Epidemiologik nazorat va kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rish. Ish sharoitlari: 8:00-13:30 Manzil / aloqa: MAXTUMQULI KO`CHASI 2/2 +998946122425

✅ Talablar

Oliy tibbiy ma’lumot – «Pediatriya» yoki «Davolash ishi» yo‘nalishida. 2. Pediatriya bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lish (internatura yoki rezidentura tugatilgan bo‘lishi shart). 3. O‘quv muassasalarida tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajriba – afzal. 4. O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan tibbiy va sanitariya me’yorlarini bilish. 5. Kompyuterda ishlash ko‘nikmalari – tibbiy hujjatlar va hisobotlarni elektron tarzda yuritish. 6. Bolalar bilan ishlashda psixologik tayyorlik va muloqot madaniyati. 7. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish malakalari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

📎 Manba