Sotuv Bo‘yicha Call-Center Menejeri
Doimiy Ish📋 Tavsif
“Iteach platformasi” jamoasi aynan sizdek faol va uzoq muddatli hamkorlikka tayyor xodimlarni qidirmoqdamiz!
## Vazifalar
- Kurslarimiz bilan qiziqqan tayyor mijozlar (issiq baza) bilan telefon orqali bog‘lanish
- Kurslarning afzalliklarini tushuntirish va ularni sotish
- Mijozlar bilan muloqot natijalarini tizimga qayd etib borish
## Talablar
- Nutq madaniyati: O‘zbek tilida ravon va savodli gapira olish (til bilish talab etilmaydi)
- Ko'nikmalar: Telefon orqali muloqotdan qo'rqmaslik, kirishuvchanlik va mijozni ishontira olish qobiliyati
- Maqsad: Biz bilan uzoq muddat ishlab, yuqori daromad olishga intilish
## Imtiyozlar
- Tajribangiz bo'lmasa – sotuv sirlarini o'zimiz bepul o'rgatamiz
- Zamonaviy va shinam ofis, barcha texnik jihozlar (quloqchin va kompyuter)
## Maosh tafsiloti
- Kafolatlangan fiks oylik + har bir sotilgan kursdan yuqori foizlar (bonuslar)
- Xodimlarning o‘rtacha oylik umumiy daromadi kamida 3 000 000 so‘mdan boshlanadi va sotuvga qarab cheksiz o‘sib boradi
- Fiks maosh o‘sishi: Kompaniyamizda qancha uzoq ishlasangiz va sotuvlaringiz barqaror bo‘lsa, fiks oyligingiz ham shunga mos ravishda o‘sib boradi
## Ish vaqti
- 11:00 dan 21:00 gacha