4D Opalubka" kompaniyasiga omborda yukchi (Грузчик) kerak

Doimiy Ish
📍 Toshkent, Toshkent viloyati 💰 4 000 000 - 5 000 000 UZS 👁️ 2 ko'rish 📅 21.07.2026

📋 Tavsif

Ish haqi: 4 000 000 — 5 000 000 so'm. Nomzodga qo'yiladigan asosiy talablar: Jismoniy chidamlilik: faol jismoniy mehnatga tayyorlik va og'ir yuk (metall konstruksiyalar) ko'tarishga tibbiy qarshiliklarning yo'qligi. Intizom: mas'uliyat, o'z vaqtida ishga kelish (punktuallik), halollik. Ish tajribasi: omborda ishlash tajribasi bo'lsa yaxshi, lekin tajribasiz (o'rganish istagi bor) nomzodlarni ham ishga olishga tayyormiz. Ehtiyotkorlik: yuklash va tushirish vaqtida tovarlarga (qimmatbaho alyuminiy opalubkalarga zarar yetkazmasdan, pachaqlab qo'ymasdan) ehtiyotkorona munosabatda bo'lish. Ish jarayoniga xalaqit beradigan zararli odatlarning yo'qligi. Asosiy vazifalari: Ombor hududida metall va xususan alyuminiy opalubkalarni (qoliplarni) yuklash va tushirish ishlari. Opalubkalarni qo'lda yoki ombor texnikasi yordamida ko'chirish, turlari bo'yicha saralash va taxlab joylashtirish. Ish joyida tozalik va tartibni saqlash. Biz taklif qiladigan ish sharoitlari: Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan ish haqi. Korxona hisobidan kuniga 3 mahal issiq ovqat. Dam olish va uxlash uchun barcha sharoitlarga ega qulay xona mavjud (uzoqdan qatnab ishlaydiganlar uchun ham juda qulay).

✅ Talablar

Bandlik turi: To‘liq stavkada bandlik Ish turi: Doimiy bandlik

📎 Manba