Ilova, marketing materiallari, push-bildirishnomalar va bannerlar uchun matnlarni tarjima qilish hamda lokalizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan mutaxassisni izlayapmiz.
Nima bilan shug‘ullanish kerak:
Ilova, marketing materiallari, push-bildirishnomalar va bannerlar uchun matnlarni ma'nosi hamda tone of voice’ni saqlagan holda tarjima qilish va moslashtirish;
Matnlarni o‘zbek tilidan rus tiliga va rus tilidan o‘zbek tiliga yozma tarjima qilish;
Materiallarni maqsadli auditoriya va mahalliy kontekstga moslashtirish;
Logistika, IT, marketing, targ‘ibot va boshqa yo‘nalishlarga oid mahsulot terminlari bilan ishlash;
Matnlarni moslashtirish jarayonida so‘zlardan foydalanish bo‘yicha bahsli holatlar yuzasidan kichik tadqiqotlar o‘tkazish.
Biz uchun muhim:
Tarjima yoki lokalizatsiya sohasida kamida 3 yillik tajriba;
O‘zbek va rus tillarini adabiy darajada mukammal bilish;
Savodxonlik, detallarga e'tibor va sabr-toqat;
Matn tuzilishi va mantiqini yaxshi tushunish;
Murakkab mavzularni sodda va tushunarli tilda izohlash qobiliyati;
Kelishuvlarga mas'uliyat bilan yondashish va punktuallik.
Biz nima taklif qilamiz:
Toshkent markazidagi zamonaviy va qulay ofis;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz;
Bozordagi yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Startap ruhi saqlanib qolgan, yetuk jarayonlarga ega noyob korporativ madaniyat;
Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;
Qo‘shimcha bonus sifatida — joylashuvingizga mos sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.