Uzum Market kichik operatsion analitiki

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 21.07.2026

📋 Tavsif

Kimni qidirmoqdamiz:

vlar reyestrini yuritasiz, inventarizatsiya, mahsulotlarni utilizatsiya qilish va buyurtma topshirish punktlaridagi (BTP) pul mablag‘lari harakatini nazorat qilasiz. Ushbu lavozimning asosiy vazifasi — operatsion jarayonlardagi zaif nuqtalarni aniqlash va ularni takomillashtirishda jamoaga ko‘maklashish.

Uzum Market'ning Ichki nazorat yo‘nalishiga J kichik operatsion analitik izlayapmiz. Siz ichki tekshiruVazifalar:

  • Kompaniyaning ichki tekshiruvlari reyestrini yuritish;

  • Mahsulotlarni utilizatsiya qilish va inventarizatsiya jarayonlarini nazorat qilish;

  • BTPlardagi pul mablag‘lari harakati bo‘yicha har kunlik va haftalik tekshiruvlarni o‘tkazish;

  • Bo‘lim loyihalarini administratsiya qilish;

  • Loyiha hujjatlari, reglamentlar va yo‘riqnomalarni tayyorlash;

  • Ichki tekshiruvlar va auditlarda ishtirok etish;

  • Fulfilment markazi va buyurtma topshirish punktlariga xizmat safarlariga chiqish.

Biz uchun muhim:

  • Excel dasturini yuqori darajada bilish;

  • Ichki nazorat tamoyillarini tushunish: nazorat nuqtasi (control point), nazorat muhiti (control environment), inventarizatsiya jarayonlarini bilish;

  • Loyiha boshqaruvi metodologiyalarini amalda qo‘llash tajribasi;

  • 1C, CRM, ERP yoki WMS kabi axborot tizimlari bilan ishlash tajribasi;

  • Kompyuterdan ilg‘or foydalanuvchi darajasida foydalanish.

Ustunlik bo‘ladi:

  • Grafana bilan ishlash tajribasi;

  • SQL bilimlari;

  • Audit, reviziya va inventarizatsiyalarni o‘tkazish tajribasi;

  • Power Query bilan ishlash tajribasi.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Toshkent markazidagi zamonaviy va qulay ofis;

  • Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz

  • Bozordagi yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;

  • Startap ruhi saqlanib qolgan, ammo yetuk jarayonlarga ega noyob korporativ madaniyat;

  • Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;

  • Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Qo‘shimcha bonus sifatida — joylashuvingizga mos sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.



✅ Talablar

Yo'nalish: Operatsiyalar Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 1 yildan boshlab