Uzum Market qo'llab-quvvatlash 1-liniyasi yo'nalishi rahbari

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 21.07.2026

📋 Tavsif

Kimni izlayapmiz: 

Mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlarini va mutaxassislar jamoasini boshqaradigan qo'llab-quvvatlash yo'nalishi rahbarini izlayapmiz. Asosiy vazifa — jamoani va xizmat ko'rsatishning asosiy ko'rsatkichlarini samarali boshqarish orqali mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va tezligini ta'minlash.

Nima bilan shug‘ullanish kerak:

  • Qo'llab-quvvatlash yo'nalishi jarayonlarini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish.

  • Guruh rahbarlari va mutaxassislardan iborat jamoani boshqarish.

  • Barcha aloqa kanallari — telefon, chat, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar ochiqligini nazorat qilish.

  • Xizmat ko'rsatish sifatini audit qilish va standartlardan chetlanishlarni bartaraf etish.

  • Jamoaning ortiqcha yuklanishi va bo'sh turib qolishining oldini olish uchun resurslarni qayta taqsimlash.

  • Mijozlar tajribasi va xizmat jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan loyiha guruhlarini muvofiqlashtirish va yo'naltirish.

  • Xizmat ko'rsatish reglamentlari, yo'riqnomalari va standartlarini ishlab chiqish hamda joriy etish.

Biz uchun muhimi:

  • Kontakt-markaz yoki mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida kamida 10 nafardan iborat jamoani 1 yildan kam bo'lmagan muddatda boshqargan bo'lish.

  • CSAT, SLA, AHT, FCR, QA ko'rsatkichlarini bilish va amalda qo'llay olish.

  • Rus va o'zbek tillarida og'zaki hamda yozma ravishda erkin muloqot qila olish.

  • Zamonaviy xodimlarni boshqarish, vakolatlarni topshirish va qaror qabul qilish tamoyillarini tushunish.

  • Analitik fikrlash va vaziyat o'zgarishlariga tezkor javob bera olish qobiliyati.

Quyidagilar afzallik hisoblanadi:

  • Nafaqat mutaxassislar, balki guruh rahbarlari ham bo‘ysunadigan ko‘p darajali tuzilmani boshqarish tajribasi.

  • E-commerce yoki marketpleysda ishlash tajribasi.

  • Xizmat ko‘rsatish qoidalari va standartlarini noldan joriy etish tajribasi.

Biz nimalarni taklif qilamiz:

  • Toshkent markazida qulay ofis

  • Karyera rivoji — o'sish uchun cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz

  • Yetakchi kompaniyalar darajasidagi maosh

  • Noyob korporativ madaniyat — startap ruhini saqlab qolgan holda, allaqachon barqaror jarayonlarni yo'lga qo'yganmiz

  • Ekspertizaning chuqurligi qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash

  • Dress-kod yo'qligi va byurokratiyaning minimal darajada bo'lishi

  • Yoqimli bonus — joylashuvingizga qarab sog'liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo'shimcha imtiyozlar


✅ Talablar

Yo'nalish: Mijozlarga xizmat Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 1 yildan boshlab