Biz sotuvchilar, brendlar, blogerlar va hamkorlar orqali foydalanuvchilarni jalb qilishning yangi kanallarini ishga tushiradigan va kengaytiradigan odamni qidirmoqdamiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Seller External Ads yo‘nalishini rivojlantirish: smart linklar, UTM, promo-kodlar, to‘lovlar va antifrod tizimi;
Sellerlar va brendlar bilan hamkorlikda Collaborative Ads yo‘nalishini ishga tushirish va rivojlantirish;
CPA va Influencer Program’ni rivojlantirish: offerlar, blogerlar, stavkalar, to‘lovlar va kanal iqtisodiyoti bilan ishlash;
Referral Program’ni rivojlantirish: mexanika, A/B testlar, reward logic va fraud control;
GMV, CR, yangi xaridorlar soni, ROI va incremental uplift bo‘yicha analitika hamda hisobot tizimini yaratish;
Mahsulot, analitika va ichki vositalar jamoalari uchun talablarni tayyorlash;
Yangi tashabbuslarni MVP bosqichidan boshlab to to‘liq masshtablashgacha boshqarish.
Biz nimani kutamiz:
E-commerce, fintech, affiliate yoki performance yo‘nalishida kamida 3 yillik tajriba;
Referral, CPA/Affiliate, Influencer, Partner Marketing yoki Retail Media yo‘nalishlarini ishga tushirish tajribasi;
Kuchli analitik ko‘nikmalar: LTV, CAC, CPA, ROAS, attributsiya va incremental tahlil;
Sellerlar, brendlar, agentliklar va blogerlar bilan ishlash tajribasi;
Jarayonlarni dastlab qo‘lda yo‘lga qo‘yish va keyinchalik ularni avtomatlashtirish qobiliyati.
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
SQL va BI vositalari bilan ishlash tajribasi;
Antifrod tizimlari va hamkorlik dasturlarini noldan yaratish tajribasi.
Biz nima taklif qilamiz:
Dunyoning istalgan nuqtasidan masofaviy ishlash yoki Toshkentdagi qulay ofis;
Karyeraviy o‘sish — cheksiz rivojlanish imkoniyatlari;
Top kompaniyalar darajasidagi raqobatbardosh maosh;
Startap ruhini saqlab qolgan, ammo yetuk jarayonlarga ega noyob korporativ madaniyat;
Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;
Yoqimli bonus — lokatsiyangizga mos sog‘liqni saqlash dasturi, hamkor kompaniyalardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.