Kunduzgi shifoxona shifokori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 9-son oilaviy poliklinika
Bo'lim: умумий амалиёт бўлими
Vazifalar:
Kunduzgi statsionar shifokori quyidagilarni bajarishi shart:
4.Poliklinikaning bo‘lim rahbari bilan kelishilgan holda poliklinika shifokorlar i tomonidan yuborilgan bemorlarni qabul qilish, kunduzgi statsionarning barcha imkoniyatlarini hisobga olgan holda statsionarda yotgan bemorlarning diagnostikasi va davolanishni ta’minlash.
5.bemorlarning salomatligi holatini baholash va davolashni yaxshilash maqsadida har kun shifokorlik ko‘rigini olib borish.
6.O‘z faoliyatida bemorlani davolash, kasalliklarni oldini olish va tashhislashning zamonaviy usullarini qo‘llash.
7.Tibbiy etika va deontologiya tamoyillariga rioya qilish.
8.Amaldagi tegishli yo‘riqnomaga asosan bemorlarning vaqtinchalik ishga layoqatsizligini teshirishni amalga oshirish va bemorlarni o‘z vaqtida shifokorlar konsultativ komissiyasiga(VKK) yo‘naltirish.
9.Kunduzgi statsionar bemorlarning tibbiy kartalarini rasmiylashtirish va hamshira tomonidan tibbiy hujjatlarning yuritilishini nazorat qilish.
10.O‘rta va kichik tibbiy xodimlarning ishini nazorat qilish va boshqaruvini amalga oshirish.
11.O‘z malakasini va kunduzgi statsionarning o‘rta hamda kichik tibbiy xodimlarning malaka darajasini muntazam oshirib borish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
Kunduzgi statsionar shifokori lavozimiga umumiy amaliyot shifokori diplomiga ega bo‘lgan yoki boshqa mutaxassislikdagi shifokor, umumiy amaliyot shifokori ixtisosligi bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli tugatgan va malakaviy xarakteristika talablariga asosan sertifikat olgan shifokor tayinlanadi.