Nevrolog xona hamshirasi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Chirchiq shahar 3-sonli Oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Ўрта тиббиёт ходимлари
Vazifalar:
Nevrolog qabuliga kelgan bemorlarni qabul qilish va tayyorlash.
Bemorlarning arterial bosimi, puls, tana harorati kabi ko‘rsatkichlarini o‘lchash.
Shifokor ko‘rsatmasiga asosan muolajalarni bajarish.
Nevrologik tekshiruvlar uchun bemorlarni tayyorlash.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarning hisobini yuritish.
Tibbiy kartalar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish.
Zarurat tug‘ilganda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etish.
Xonadagi tibbiy asbob-uskunalarning sozligi va sanitariya holatini nazorat qilish.
Ish sharoitlari:
Doimiy haftasiga 36 soat Dushanba-Juma 8:00dan 16:20gacha
✅ Talablar
Amaldagi mutaxassislik sertifikati yoki malaka toifasiga ega bo‘lish.
Nevrologik kasalliklar va ularning parvarish xususiyatlarini bilish.
Tibbiy hujjatlarni yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarni bilish va ularga rioya qilish.
Tajriba: kamida 1 yil