Vakansiya: CNC (ChPU) Stanogi Operatori va Shogirdlar qidirilmoqda!
Doimiy Ish📋 Tavsif
Ishlab chiqarish korxonamiz kengayayotgani munosabati bilan, zamonaviy CNC (ChPU) stanoklari operatorlarini hamda ushbu sohani noldan o‘rganishni xohlagan shogirdlarni ishga taklif qilamiz.
- CNC Operatori (Mutaxassis) Vazifalar: CNC (frezer, lazer yoki tokar) stanoklarini boshqarish va dasturlarni ishga tushirish; Chizmalar (chertej) va texnik topshiriqlar asosida detallarga aniq ishlov berish; Tayyor mahsulotlarning sifatini o‘lchash asboblari yordamida nazorat qilish; Stanoklarning texnik holatini kuzatib borish. Talablar: CNC stanoklarida kamida 1 yillik ish tajribasi; Dasturlar (masalan: ArtCAM, AutoCAD, SolidWorks va h.k.) bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich yoki o‘rta tushuncha; Chertejlarni o‘qiy olish va o‘lchov asboblaridan (shtangencirkul va b.) to‘g‘ri foydalanish.
- CNC sohasi bo‘yicha Shogirdlar Sizdan nima talab qilinadi? Kompyuter va zamonaviy texnikaga qiziqish (texnik savodxonlik); Diqqatli bo‘lish, mas’uliyat va yangi bilimlarni tez o‘zlashtirish; Ustozlarning ko‘rsatmalariga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish. Biz nima beramiz? Tajribali mutaxassislar nazoratida eng zamonaviy stanoklarda ishlashni noldan o‘rganish; Kelajakda eng ko‘p haq to‘lanadigan texnik kasblardan biriga ega bo‘lish; O‘rganish davrida ham oylik maosh (shogirdlik haqi) to‘lanadi.
- Ish sharoitlari: Ish grafigi: 6/1, soat 08:00 dan 18:00 gacha; Oylik maosh: 3 000 000 – 5 000 000 so‘m (nomzodning tajribasi va suhbat natijasiga qarab kelishiladi); Issiq va barcha sharoitlarga ega zamonaviy sex; Doimiy va barqaror ish hajmi.
✅ Talablar
Bandlik turi: To‘liq stavkada bandlik
Ish turi: Doimiy bandlik