Ijtimoiy tarmoqlarni sevasizmi, odamlar bilan til topisha olasizmi va oddiygina izohni qiziqarli muloqotga aylantirishni bilasizmi? Unda marhamat, bizga qo‘shiling! Uzum Fintech marketing jamoasiga Community Manager Intern qidiryapmiz.
Nima bilan shug‘ullanish kerak:
- Kompaniyaning rasmiy akkauntlarida Direct’dagi xabarlarni, shuningdek, hamkorlar va blogerlarning postlari ostidagi izohlarni monitoring qilish.
- Izohlarga ijodiy javob berish, auditoriya bilan jonli muloqotni davom ettirish va ijobiy foydalanuvchi tajribasini shakllantirish.
- Foydalanuvchilarni muloqotga jalb qilish va ijtimoiy tarmoqlarda faollikni qo‘llab-quvvatlash orqali brend hamjamiyatini rivojlantirishga yordam berish.
Nima muhim:
- Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish, savodli yozma nutq.
- Matnlar bilan ishlash tajribasi: ijtimoiy tarmoqlarni yuritish, kontent yozish yoki kommunikatsiyalar bilan bog‘liq o‘quv loyihalarida ishtirok etish.
- Hazil tuyg‘usi, ijodkorlik va qiziqarli iboralarni topa olish qobiliyati.
- Tafsilotlarga e’tiborlilik, tashabbuskorlik va auditoriya bilan ishlashga samimiy qiziqish.
Biz nimalarni taklif qilamiz:
- 6 oylik haq to‘lanadigan stajirovka.
- Haftasiga 20 soatlik kunduzgi ish formati, qulay jadvalni tanlash imkoniyati bilan.
- Tajribali marketing jamoasining murabbiyligi va qo‘llab-quvvatlashi.
- Junior mutaxassis darajasiga ko‘tarilish va stajirovkani muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng doimiy rolga o‘tish imkoniyati.