Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi yakkashox kompaniyasi va Uzum milliy ekotizimining fintech yo‘nalishi. Har oy uning xizmatlaridan respublikaning 12 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.
Bugungi kunda Uzum Fintech millionlab aholi va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil xarid va savdo servislarini birlashtiradi.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
BTPlarda moliyaviy xizmatlar bo‘yicha mutaxassislar ishini boshqarish;
Ish jadvalini tuzish va ish vaqti hisobini yuritish;
Xodimlarning ish tartibi va tashqi ko‘rinish standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Nomzoddan nimalarni kutamiz:
Kuchli muloqot va jamoani boshqarish ko‘nikmalari;
Mojaroli vaziyatlarni hal qilish tajribasi;
Kompyuterdan ishonchli foydalanish ko‘nikmalari.
Biz nima taklif qilamiz:
Rasmiy ishga joylashish va to‘liq ijtimoiy paket;
Raqobatbardosh ish haqi va natijaga qarab bonuslar;
Kasbiy va karyera rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar;
Natijaga yo‘naltirilgan zamonaviy korporativ madaniyat;
Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.
Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:
Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi
IT sanoatini rivojlantiramiz:
Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz.
Tez o‘sish:
Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar
Zamonaviy texnika:
Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz