Uzum Avto — avtomobillarni xarid qilish va sotish hamda kreditni onlayn tasdiqlash xizmati. O‘zbekiston bo‘ylab 300 dan ortiq diler-hamkorlar.
Head of Marketplace Quality
Biz platformadagi e'lonlar sifati uchun mas'ul bo‘lgan yangi kross-funksional tuzilmani yaratmoqdamiz — moderatsiyadan tortib yakuniy foydalanuvchi tajribasigacha. Head of Marketplace Quality ushbu yo‘nalishni noldan shakllantiradi va unga rahbarlik qiladi.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Moderatsiya bo‘limi ishiga rahbarlik qilish, jarayonlarning uzluksiz ishlashini hamda backend va moderatsiya o‘rtasidagi hamkorlikning shaffof va samarali bo‘lishini ta'minlash;
Moderatsiya sifati va to‘g‘riligini nazorat qiluvchi auditorlar jamoasini boshqarish;
Kross-funksional jamoa ishini yo‘lga qo‘yish;
Moderatsiyani avtomatlashtirish yo‘nalishini rivojlantirish;
Platformadagi e'lonlar sifati uchun javob berish.
Nomzoddan nimalarni kutamiz:
O‘xshash yo‘nalishda Head of yoki Project Owner lavozimida kamida 3 yillik tajriba;
Klassifaydlardagi tajriba;
Jamoani boshqarish tajribasi;
Moderatsiya, audit hamda platformaning backend va frontend jarayonlarini tushunish;
Analitika bilan ishlash tajribasi va moderatsiyada ML (Machine Learning) yondashuvlari bilan ishlash tajribasi bo‘lsa ustunlik hisoblanadi.
Biz nima taklif qilamiz:
Birinchi ish kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
Raqobatbardosh ish haqi;
Keng qamrovli ta'lim va rivojlanish imkoniyatlari;
Hamkor kompaniyalarning chegirma dasturlari;
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;
O‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan korporativ madaniyat.
Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar
Eng zo‘rlardan o‘rganish imkoniyati:
Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi
IT sanoatini rivojlantiramiz:
Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz
Tez o‘sish:
Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar
Zamonaviy texnika:
Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz