Uzum Bank katta loyiha menejeri

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 23.07.2026

📋 Tavsif

Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi yakkashox kompaniyasi va Uzum milliy ekotizimining fintech yo‘nalishi. Har oy uning xizmatlaridan respublikaning 12 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Bugungi kunda Uzum Fintech millionlab aholi va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil xarid va savdo servislarini birlashtiradi.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • B2B hamkorlari uchun to‘lov mahsulotlarini ishga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni boshqarish;

  • Tashqi hamkorlar bilan integratsiyalarni boshqarish va ularni tashabbus bosqichidan sanoat ishga tushirilishigacha kuzatib borish;

  • Dasturlash, analitika, test va qo‘llab-quvvatlash jamoalari ishini muvofiqlashtirish;

  • Mahsulot jamoasi bilan birgalikda beklogni shakllantirish va ustuvorlashtirish;

  • Biznes talablarini yig‘ish, tahlil qilish va kelishishni tashkil etish;

  • Loyihalarning muddatlari, bog‘liqliklari va xatarlarini boshqarish;

  • Bankning ichki jamoalari (protsessing, axborot xavfsizligi, yuridik bo‘lim, komplayens, moliya va qo‘llab-quvvatlash xizmati) bilan hamkorlik qilish;

  • Kelishuvlarning bajarilishini nazorat qilish va yuzaga keladigan masalalarni hal etishni muvofiqlashtirish;

  • Integratsiyalar samaradorligini tahlil qilish va jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surish.

Biz uchun muhim:

  • IT yoki FinTech loyihalarini boshqarish bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba;

  • Tashqi integratsiyalarni yuritish tajribasi;

  • B2B hamkorlari bilan ishlash tajribasi;

  • API integratsiyalarining hayotiy siklini tushunish;

  • Jira va Confluence bilan ishlash tajribasi;

  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihani samarali muvofiqlashtirish qobiliyati;

  • Biznes, dasturchilar va tashqi buyurtmachilar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalari;

  • Agile yondashuvlarini tushunish.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Tajribasi bilan doimo bo‘lishishga tayyor kuchli jamoa;

  • Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirayotgan jamoada yirik va qiziqarli vazifalar;

  • Relokatsiya paketi;

  • Toshkent markazidagi qulay ofis;

  • Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish va har yilgi ta’tilga qo‘shimcha 3 kunlik haq to‘lanadigan ta’til;

  • Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlar orqali shaxsiy brendingizni rivojlantirish imkoniyati;

  • Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar

Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:

  • Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi

IT sanoatini rivojlantiramiz:

  • Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz.

Tez o‘sish:

  • Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar

Zamonaviy texnika:

  • Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz



✅ Talablar

Yo'nalish: Mahsulot va loyiha boshqaruvi Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Masofaviy ish Tajriba: 3 yildan boshlab