Tarjimon (Marketing mutaxassisi)

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 24.07.2026

📋 Tavsif

Uzum — O‘zbekistondagi birinchi texnologik servislar ekotizimi!

Biz o‘z IT-platformamizni yaratmoqdamiz, logistika tizimini rivojlantirmoqdamiz va yuz minglab tadbirkorlarni hamkorlikka jalb qilmoqdamiz.

Biz bir vaqtning o‘zida bir nechta yuqori texnologik mahsulotlarni rivojlantirmoqdamiz, millionlab foydalanuvchilar cheksiz assortimentdagi mahsulotlardan tezkor yetkazib berish bilan foydalanishlari, shuningdek, kundalik vazifalarni hal qilish va biznesni rivojlantirishga yordam beruvchi moliyaviy servislardan foydalanishlari mumkin.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Matnlarni o‘zbek tilidan rus va/yoki ingliz tiliga va aksincha yozma tarjima qilish;
  • Tarjimalarni til va uslub me'yorlariga muvofiqligini ta'minlash uchun tahrirlash va tekshirish;
  • Marketing materiallarini tarjima qilish: SMS, push-xabarlar, lending sahifalar, bannerlar, aksiya ofertalari, so‘rovnoma matnlari va boshqalar;
  • Og‘zaki tarjimalarda va foydalanuvchilarga qo‘ng‘iroqlar davomida tarjimon sifatida ishtirok etish.

Nomzoddan nimalarni kutamiz:

  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilish;
  • Kamida 1 yillik yozma va/yoki og‘zaki tarjima tajribasi;
  • Tafsilotlarga e'tibor, savodxonlik va uslubni his qilish;
  • Katta hajmdagi matnlar bilan ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilish qobiliyati;
  • Ofis dasturlarini (Word, Google Docs va boshqalar) bilish.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Birinchi ish kunidan boshlab rasmiy ishga joylashish;
  • 5/2 ish jadvali, 10:00–19:00;Toshkent markazidagi qulay ofis;
  • Ahil jamoa va qulay ish muhiti;
  • Raqobatbardosh ish haqi;
  • Keng qamrovli ta'lim va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar;
  • Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;
  • O‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan korporativ madaniyat.

✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab