Uzum katta mahsulot tadqiqotchisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 24.07.2026

📋 Tavsif

Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi yakkashox kompaniyasi va Uzum milliy ekotizimining fintech yo‘nalishi. Har oy uning xizmatlaridan respublikaning 12 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Bugungi kunda Uzum Fintech millionlab aholi va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil xarid va savdo servislarini birlashtiradi.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Sifat tadqiqotlari: xaridorlar va sotuvchilarning ehtiyojlari hamda muammolarini aniqlash uchun chuqurlashtirilgan intervyular, qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan intervyular va etnografik tadqiqotlarni o‘tkazish;
  • Miqdoriy tadqiqotlar: ommaviy so‘rovnomalarni tashkil etish, bozor sig‘imini baholash, narx sezgirligini tahlil qilish va auditoriyani segmentatsiya qilish;
  • UX/UI testlari: foydalanuvchi yo‘lini (CJM) tahlil qilish va mahsulotni ishlab chiqishning barcha bosqichlarida (Discovery dan relizgacha) usability testlarini o‘tkazish;
  • Raqobatchilar tahlili: FinTech va boshqa sohalardagi global benchmarklar hamda bozor tendensiyalarini o‘rganish;
  • Ma'lumotlarni sintez qilish: xom ma'lumotlar va foydalanuvchilar fikrlarini aniq marketing va mahsulot yechimlariga aylantirish, steykholderlar oldida insaytlarni himoya qilish.

Talablar:

  • FinTech, e-commerce, klasssifayd yoki ekotizim mahsulotlarida ishlash tajribasi;
  • Mahsulot tadqiqotlari bo‘yicha tajriba majburiy;
  • Jamoani boshqarish tajribasi, mustaqil ishlash va tashabbuskorlik;
  • 3 yil va undan ortiq ish tajribasi

Biz nima taklif qilamiz:

  • Ishlash formatini tanlash imkoniyati: masofaviy, gibrid yoki relokatsiya;
  • 5/2 ish jadvali, Toshkent vaqti bilan 10:00–19:00;
  • Birinchi ish kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
  • Raqobatbardosh ish haqi va relokatsiya paketi;
  • Keng qamrovli ta'lim va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Biz IT Park rezidentimiz, mutaxassislarimiz yashash guvohnomasiga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;
  • Ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;
  • Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.

Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:

  • Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblar ishlaydi

IT sanoatini rivojlantiramiz:

  • Biz nafaqat kompaniya ichida rivojlanmoqdamiz, balki chiqishlar, maqolalar va IT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi IT hamjamiyatlari bilan ham tajribamizni baham ko‘rmoqdamiz.

Tez o‘sish:

  • Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar

Zamonaviy texnika:

  • Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz

✅ Talablar

Yo'nalish: Mahsulot va loyiha boshqaruvi Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Gibrid Tajriba: 3 yildan boshlab