Терапия хонаси хамшираси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi
Bo'lim: qabul bo`limi
Vazifalar:
Shifokor ko'rsatmalarini o'z vaqtida va to'liq bajarish.
Bemorlarni qabul qilish, kuzatish va parvarishlashni amalga oshirish.
Dori vositalarini belgilangan tartibda tayyorlash, saqlash va shifokor ko'rsatmasiga muvofiq qo'llash.
In'eksiya, infuziya, bog'lam qo'yish va boshqa hamshiralik muolajalarini bajarish.
Bemorning tana harorati, arterial bosimi, puls va nafas olish ko'rsatkichlarini o'lchash hamda qayd etish.
Zarurat tug'ilganda shoshilinch (birinchi) tibbiy yordam ko'rsatish.
Tibbiy hujjatlar va hamshiralik hujjatlarini to'g'ri yuritish.
Sanitariya-gigiyena va epidemiologik xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish.
Tibbiy asbob-uskunalarni ishlatish, ularni dezinfeksiya qilish va sterillash jarayonida ishtirok etish.
Bemorlar va ularning yaqinlariga davolanish, parvarish hamda profilaktika masalalari bo'yicha tushuntirishlar berish.
Ish sharoitlari:
Jadval asosida
Manzil / aloqa:
Toshkent shahar Yunusobod tumani, G`ayratiy 24 uy.
+998712248933
✅ Talablar
Tibbiy ma'lumotga ega bo'lish – o'rta maxsus tibbiy ta'lim (hamshiralik ishi, feldsherlik yoki tegishli yo'nalish)ni tamomlagan bo'lish.
Mutaxassislik bo'yicha amaldagi sertifikat yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiyadan o'tgan bo'lish.
Hamshiralik ishi asoslarini bilish – bemorlarni parvarishlash, davolash va profilaktika bo'yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo'lish