Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi

Doimiy Ish
📍 Andijon viloyati, Jalaquduq tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 26.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jalaquduq tumani bo‘limi Bo'lim: Aparat xodimlari Vazifalar: O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzalari va chiqishlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarning mazmun-mohiyatini, Agentlikning vazifalari va faoliyat ko‘rsatkichlari haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lishi, odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishi; xizmat faoliyati davomida turli soha mutaxassislari, ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha Manzil / aloqa: Jalaquduq tuman So‘fiqishloq MFY O‘zbeksiton ko‘chasi 1-uy +998916192628

✅ Talablar

1. Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; 2. Mutaxassislik talab etilmaydi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi); 3. Davlat va nodavlat tashkilotlarida kamida 2 yillik mehnat stajiga, shundan 1 yili kadrlar bilan ishlash yo‘nalishida samarali mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan, 35 yoshdan oshmagan; 4. Davlat tilini bilishi; 5. Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi; 6. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi; 7. Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlaridan xabardorligi hamda ularni qoʻllash uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi; doimiy ravishda malakasini oshirganligi; kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas. Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba