Biz Uzum Market ichki tizimlarida ruxsatlar va avtorizatsiyani boshqarish uchun mas’ul bo‘ladigan, e’tiborli va muloqotga kirishuvchan mutaxassis qidirmoqdamiz. Asosiy vazifa — ruxsatlarni to‘g‘ri berish, o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Market tizimlari vositalariga kirish huquqlarini berish, o‘zgartirish va bekor qilish jarayonlarini tashkil etish;
Agar vositada nazarda tutilgan bo‘lsa, Active Directory (AD) orqali avtorizatsiyani sozlash;
Ichki avtorizatsiya mavjud bo‘lmagan hollarda lokal foydalanuvchi hisoblarini yuritish va boshqarish;
Foydalanuvchilar uchun tushunarli yo‘riqnomalar va qo‘llanmalar tayyorlash;
Aloqa kanallari orqali qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish va xodimlarga kirish huquqlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda yordam berish.
Biz uchun muhim:
Yangi vositalar va tizimlarni tez o‘rganish qobiliyati;
Yo‘riqnomalar va foydalanuvchi hujjatlarini tayyorlash ko‘nikmalari;
Muloqotga kirishuvchanlik va xushmuomalalik;
Stressga chidamlilik va turli jamoalardan keladigan so‘rovlar bilan ishlashga tayyorlik;
Mas’uliyat va detallarga e’tibor.
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
Active Directory bilan ishlash tajribasi;
Kirish huquqlarini boshqarish va foydalanuvchilar avtorizatsiyasi tamoyillarini tushunish;
Texnik qo‘llab-quvvatlash yoki tizim administratori sifatidagi tajriba.
Biz nima taklif qilamiz:
Karyeraviy o‘sish — biz haqiqatan ham cheksiz rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etamiz;
Raqobatbardosh ish haqi — top kompaniyalar darajasida to‘laymiz;
Noyob madaniyat — biz startup ruhini saqlab qolganmiz va shu bilan birga yetuk jarayonlarni shakllantirganmiz;
Ekspertiza chuqurligi qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati;
Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi.