Ish haqini hisoblash bo‘yicha katta buxgalter

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Biriktirilgan xodimlar guruhi (1300 nafardan taxminan 650 nafari) uchun ish haqi, ta’til puli, kasallik varaqasi bo‘yicha to‘lovlar, nafaqalar va kompensatsiyalarni hisoblash;

  • Bonuslar, KPI bo‘yicha ustamalar, qo‘shimcha ish vaqti, tungi smena va dam olish kunlaridagi ish uchun to‘lovlarni hisoblash;

  • IT Park rezidenti bo‘lgan xodimlar uchun standart 12% o‘rniga 7,5% imtiyozli stavka asosida JShDSni hisoblash va ushlab qolish;

  • IT Park rezidenti uchun belgilangan imtiyozlar doirasida xodimlarning ish haqi bo‘yicha ijtimoiy soliqdan ozod etishni yuritish;

  • Imtiyozli rejimni to‘g‘ri qo‘llash maqsadida daromadlarning alohida hisobini yuritish (imtiyozli va imtiyozsiz daromadlar);

  • Mijoz bank uchun ish haqi vedomostlari va reyestrlarini shakllantirish;

  • Soliq portallari orqali hisobotlarni topshirish;

  • Xodimlarning so‘roviga asosan daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni tayyorlash;

  • Ikkinchi hisobchining hisob-kitoblarini o‘zaro tekshirish va uning ta’tili, kasalligi yoki xizmat safari vaqtida to‘liq o‘rnini bosish;

  • Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilishda ishtirok etish;

  • NDA talablari doirasida shaxsiy ma’lumotlar va ish haqi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash.

Biz uchun muhim:

  • Ish haqi va kadrlar hisobi yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi;

  • Kamida 500 nafar xodimga ega kompaniyalarda ishlash tajribasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish haqi, ta’til puli, kasallik varaqasi, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘liq hisoblash bo‘yicha amaliy tajriba;

  • Davlat organlari bilan elektron hujjat almashinuvi jarayonlarini bilish;

  • 1C:Buxgalteriya 8.3 (O‘zbekiston uchun konfiguratsiya) va 1C:Ish haqi va xodimlarni boshqarish (1C:ZUP) dasturlarini mukammal bilish;

  • MS Excel dasturini yuqori darajada bilish;

  • O‘zbekiston tijorat banklarining Bank-klient tizimlari bilan ishlash tajribasi;

  • Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi yoki moliya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot;

  • Yuqori mas’uliyat, stressga chidamlilik va qisqa muddatlar hamda qat’iy dedlayn sharoitida samarali ishlash qobiliyati;

  • Xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari, ish haqi miqdori, bonuslar, KPI va boshqa to‘lovlarga oid ma’lumotlar maxfiyligini qat’iy saqlash. Ishga qabul qilinish jarayonida NDA imzolashga tayyorlik.

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • IT Park rezidentlari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash bo‘yicha bilim va amaliy tajriba;

  •  1С:ЗУП (ПРОФ yoki КОРП) sertifikatlarining mavjudligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim va malaka oshirish kurslari.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Raqobatbardosh ish haqi — top kompaniyalar darajasida to‘laymiz;

  • Karyeraviy o‘sish — biz haqiqatan ham cheksiz rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etamiz;

  • Asos — ishni yuqori darajada qilishga intiladigan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi.


✅ Talablar

Yo'nalish: Moliya va buxgalteriya Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab