Buxgalter (ijara munosabatlari yo‘nalishi)

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Nimalar qilish kerak bo‘ladi:

  • Shartnoma majburiyatlariga muvofiq ijara hisob-kitoblarini yuritish;

  • Soliq hujjatlari va hisobotlarini qisman yoki to‘liq tushunish (asosan JShDS);

  • Ijara hisobini yuritish jarayonlarini optimallashtirish;

  • TMZ, zaxiralar va tovarlar hisobini yuritish;

  • 1C BP, 1C UT, 1C DO hisob dasturlari bilan ishlash;

  • Birlamchi hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini yuritish;

  • E-JARA platformasida ijara shartnomalari va qo‘shimcha kelishuvlar reyestrini yuritish;

  • Shartnomalarning amal qilish muddati, prolongatsiya va bekor qilish jarayonlarini nazorat qilish;

  • Hisoblangan summalarni shakllantirish va buxgalteriya hisobi bilan solishtirish;

  • Ijara bo‘yicha dalolatnomalar, yuk xatlari va EHF’larning to‘g‘riligini tekshirish.

Biz uchun nima muhim:

  • Moddiy boyliklar hisobini yuritish ko‘nikmasi — TMZ kirimi, chiqimi va ko‘chirilishini hisobini yurita olish, boshlang‘ich hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish;

  • Ombor operatsiyalarini tahlil qilish qobiliyati — xatolar va nomuvofiqliklarni aniqlash, qoldiqlarni solishtirish;

  • Elektron hujjat aylanish tizimlarida ishlash ko‘nikmasi — dalolatnomalar, yuk xatlari, hisobotlar va ombor bo‘yicha ichki reglamentlarni tizimli yuritish;

  • Hisob dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasi — maxsus buxgalteriya va ombor tizimlarida ishlash, hisobot va analitika shakllantirish.

Biz nimani taklif qilamiz:

  • Toshkentdagi shinam ofis;

  • Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;

  • Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.

  • Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash

  • Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar


✅ Talablar

Yo'nalish: Moliya va buxgalteriya Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab