Болалар реанимацияси навбатчи шифокор реаниматологи
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yashnobod tumani I.Irgashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi
Bo'lim: болалар реанимацияси
Vazifalar:
- Reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan bolalarning hayotiy funksiyalarini (nafas olish, yurak urishi, arterial bosim, oksigenatsiya) doimiy kuzatish.
- Favqulodda holatlarda tezkor reanimatsion tadbirlarni amalga oshirish.
- Jarrohlik amaliyoti vaqtida anesteziya va operatsiyadan keyingi kuzatuvni ta’minlash.
- Bemor bolaga sun’iy nafas oldirish, yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va boshqa intensiv terapiya usullarini qo‘llash.
- Navbatchilik davomida barcha bemorlar bo‘yicha aniq hisob-kitob va hujjatlarni yuritish.
- Favqulodda vaziyatlarda (masalan, klinik o‘lim, hushdan ketish, og‘ir shok) jamoa ishini boshqarish va tezkor qaror qabul qilish.
- Ota-onalarga bolani ahvoli haqida aniq va tushunarli tarzda ma’lumot berish.
- Tibbiy etikaga qat’iy rioya qilish, maxfiylikni ta’minlash.
Ish sharoitlari:
navbatchilik (5.30 soat/33)
Manzil / aloqa:
Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган
71.296-14-22
✅ Talablar
- Oliy tibbiyot ma’lumotiga ega bo‘lishi, “anesteziologiya va reanimatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislikni tugatgan bo‘lishi.
- Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi xususiyatlarini chuqur bilishi.
- Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmlarini puxta egallagan bo‘lishi.
- Sun’iy nafas oldirish, yurak massaji, defibrillyatsiya, intubatsiya kabi reanimatsion usullarni mukammal bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
- Zamonaviy reanimatsiya va monitoring uskuna va apparatlari (IVL, monitor, pulsoksimetr, defibrillyator va boshqalar) bilan ishlashni bilishi.
- Dori vositalarini yoshga mos dozada hisoblash va to‘g‘ri qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi.
- Tibbiyot jamoasida hamkorlikda ishlash, ota-onalar bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi.